Yer uchastkalarini investitsiya majburiyati bilan sotish amaliyoti to‘xtatiladi
Davlat mulklarini “1 so‘m” qiymatda savdoga chiqarish amaliyoti ham bekor qilinmoqda. Onlayn auksionda qatnashish uchun to‘lovlarni davlat o‘z zimmasiga oladi.

O‘zbekistonda yer uchastkalarini investitsiya majburiyati bilan sotish amaliyoti to‘xtatiladi va yerlar bozor bahosida elektron savdolarga chiqariladi.
Bu haqda 2021 yil 8 iyul kuni qabul qilingan prezident farmonida belgilandi.
Farmon bilan, davlat aktivlarini “1 so‘m” boshlang‘ich qiymatda savdolarga chiqarish amaliyoti ham bekor qilindi.
Onlayn auksionda qatnashish uchun to‘lovlar ham bekor qilinadi va tadbirkorlarga elektron ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qoplab beriladi.
Auksionda mulkni sotib olganda, to‘lov muddati hozirgi 5 kundan 15 kungacha uzaytiriladi.
Bundan buyon, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarning bino-inshootlari, transport vositalarini sotish va ijaraga berishni faqat elektron auksion orqali amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
Hujjatda, shuningdek, davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning budjetga yo‘naltiriladigan qismi amaldagi 73 foizdan 87 foizga oshiriladi.
Alohida qarorlar asosida xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larning yirik kompaniyalarga o‘tkaziladigan qismini budjetga yo‘naltirish, hokimliklar qarori bilan sotilgan obektlardan tushadigan mablag‘larning budjetga yo‘naltiriladigan qismini 73 foizdan 87 foizga oshirish va uni tegishli viloyat, tuman (shahar) budjetlariga teng ulushlarda yo‘naltirish tasdiqlandi.
Buning natijasida davlat budjetiga, shu jumladan, tuman va shaharlar mahalliy budjetlariga tushumlar ko‘payishi, davlat aktivining bozor qiymatida sotilishi va korrupsion xatti-harakatlarning oldi olinishi ko‘zda tutilgan.
Davaktiv agentligiga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 541tani tashkil etadi. 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyada 4 yil ichida davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartirilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
Tomoq-burun kasalliklari bor ro‘zadorlar nimalarga e’tibor berishi kerak?
Jamiyat | 16:45 / 10.03.2025
Kvartirasida yolg‘iz vafot etayotgan keksalar – ularni kim topib oladi?
O‘zbekiston | 12:29 / 10.03.2025
“Trampning siyosatdagi “qimorbozligini” Kanada tushunolmayapti” – AQSh baribir savdo bojlarini joriy qildi
Jahon | 12:01 / 10.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dnipro dronlarning yirik hujumiga uchradi
Jahon | 11:41
-
Yaponiyada davlat xizmatchilari ishga besh daqiqa oldin kelishga majburlangani uchun 67 ming dollar kompensatsiya oldi
Jahon | 11:30
-
Toshkent va Lyublinda O‘zbekiston-Polsha biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi
Iqtisodiyot | 11:29
-
Makron ittifoqchilarni Kiyev uchun kafolat rejasini ishlab chiqishga chaqirdi
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

12:02 / 11.03.2025
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

19:13 / 07.03.2025
Toshkent va Samarqandda noyob minerallar texnoparki tashkil etilishi mumkin

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

16:39 / 06.03.2025