Davlat uluşidagi mulklar, korxonalar nega xususiylaştiriladi, buning iqtisodiy ösişga ta’siri qanday, degan savol oxirgi paytlarda yirik davlat korxonalari sotila boşlagani bois köproq yangramoqda.
Mavzu markazidagi munozarali masala esa – Özbekiston bu borada yetarli tajribaga ega emasligi va sotuvlar şaffofligiga işonç pastligi bilan boğliq.
Qança davlat aktivlari xususiylaştiriladi?
Davaktiv agentligi ayni paytda Özbekistonda davlat iştirokidagi korxonalar soni 2 ming 541ta ekani, şulardan yarmi (1 ming 210ta) unitar korxona şaklida taşkil qilinganini oçiqladi. Agentlik ma’lumotiga köra, 2021–2025 yillarga möljallangan strategiyada 4 yil içida davlat iştirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartirilişi belgilangan.
Xususan, şu yil oxiriga qadar 550dan ortiq davlat aktivlari, jumladan, Toşkent şahridagi «Poytaxt» biznes markazi, «Malika» savdo markazi, «Içan qal’a» mehmonxonasi va ma’muriy majmualar, bir neça bank, yirik mulk komplekslari sotilişi kutilmoqda.
2020 yildagi prezident farmonida davlatga tegişli 479ta korxona va 15ta köçmas mulk savdolarga qöyilişi, 62ta korxona xususiylaştirişga tayyorlanişi, 32ta korxona va tarmoq transformatsiya qilinişi va 507ta bozor faoliyati takomillaştirilişi belgilangan. Bundan taşqari, ilgarigi qarorlarda körsatilgan 386ta hamda sotiş vakolati hokimlarga berilgan 559ta obekt savdolarga çiqariladi.
Xususiylaştiriş nega kerak?
Davlat korxonalarini xususiylaştiriş iqtisodiyot rivojlanişiga sezilarli ijobiy ta’sir körsatişi jahon tajribasidan ma’lum. Ayni paytda davlatning yirik korxonalarga egalik qiliş körsatkiçining pastligi böyiça Yaponiya (5 foiz) dunyoda yuqori örinda turadi. Bu körsatkiç boşqa rivojlangan mamlakatlar, xususan, AQŞda 11 foiz, Germaniyada 18, Janubiy Koreyada 22 foizni taşkil etadi. Özbekistonda esa katta korxonalarning 55 foiziga davlat egalik qiladi.
Mutaxassislarga köra, davlatning iqtisodiyotda yuqori darajada iştirok etişi özaro raqobatga xalaqit beradi, monopoliya, korrupsiya va manfaatlar töqnaşuvi kabi jiddiy muammolarni keltirib çiqaradi.
Afsuski, bizda bu muammolar hozir ham yöq emas. Balki bunga yeçim sifatida ham xususiylaştirişga urğu berilayotgandir. Qolaversa, bir qança yirik davlat aktivlari borki, ular iqtisodiyotga ortiqça yuk bölişda davom etmoqda.
Öz navbatida, hukumat tomonidan köplab davlat korxonalari faoliyati samarasizligi aytib kelinadi. Masalan, ötgan yilgi yiğilişlardan birida prezident Şavkat Mirziyoyev bu boradagi muammolar uçun mas’ullarni tanqid qilgandi.
«Oçiq aytiş kerak, oldin ham xususiylaştiriş böyiça köplab qarorlar qabul qilingan. Lekin birorta rahbar pastga tuşib, bu sohadagi bilim va metodikani joylarga yetkazmagani sababli köp korxona va obektlar sotilmasdan turibdi, na davlatga, na tadbirkorga naf keltiryapti», degandi u.
Yaqinda moliya vaziri Timur Işmetov ikkita kiçik bank sotuvga qöyilgani, kamida bitta yirik bankni şu yilning oxirigaça xususiylaştiriş rejalaştirilganini aytdi.
«Bu faqatgina ijobiy natijaga olib keladi. Birinçidan, Moliya vazirligi sifatida davlat banklaridan, ya’ni qanaqadir boqimandalardan qutulamiz. Çunki ular doim pul va resurs söraydi. Faqat xarajat. Ikkinçi tomondan, bu albatta sifat olib keladi», dedi vazir.
Bundan çiqdi, boşqaruv samaradorligi yuqori bölmagan, faqat zararga işlaydigan davlat korxonalarini xususiylaştiriş birinçi galda budjet uçun muhim. Xarajatlarni kamaytiriş uçun kerak.
Qolaversa, uzoq yillar mobaynida va hozir ham davlat uluşidagi korxonalarning katta qismi daromadlar xususiylaştirilişi, zararlar esa umumlaştiriladigan tizimda işlab keladi. Garçi mamlakat yalpi içki mahsulotining qariyb yarmi aynan şu korxonalar hissasiga töğri kelsa ham, ularning köpçiligi samarasiz faoliyat körsatadi. Mazkur korxonalar davlat uçun qöşimça yuk böladi hamda ularga berilgan tarif, soliq va boşqa imtiyozlar sababli uşbu sohadagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir körsatiladi.
Xususiylaştiriş esa soliqlar tuşumi ortişi hamda korxonalarning modernizatsiya qilinişida ijobiy natija berişi mumkin. Şu bilan birga, iqtisodiyotdagi muhim böğin – xususiy sektor rivojlanişiga kengroq yöl oçiladi.
Öz navbatida, ayni paytga kelib xususiylaştiriş jarayonlari ança jadallaşganini ta’kidlaş kerak. Bu davlatning mazkur muammolarga yeçim topişga intilayotganidan dalolat bölişi mumkin.
Xususiylaştiriş jarayonida közlangan natijalarga erişişdagi boş maqsad esa xalq va davlat manfaatlaridan kelib çiqib, şaffof va raqobat tamoyillari asosida, investorlar manfaatlarini inobatga oliş bölişi lozim.
Bir tomondan, faoliyati samarasiz keçayotgan korxonalarning işbilarmon insonlarga sotilişi va natijada işlar yurişib ketişi yaxşi, albatta. Ammo uni optimal narxlarda, işonçli tadbirkorga sotiş muhim ahamiyatga ega. Şundagina mulk özining çinakam egasiga yetadi, öşa korxona rivojlanişi evaziga davlat va xalq manfaatdorligi ortadi.
Xususiylaştirişdagi muammolar haqida
Ma’lumotlarga köra, Özbekistonda ötgan 30 yil davomida 33 mingdan ziyod davlat korxonalari va obektlari xususiylaştirilgan ekan.
Ammo davlat mulkini boşqariş, xususiylaştiriş va bu böyiça auksionlar ötkaziş kabi masalalarda töğridan töğri amal qiluvçi, qolaversa, zamon talablariga javob beradigan qonunlar mavjud emas.
Töğri, xususiylaştiriş böyiça 1991 yilda qabul qilingan qonun bor, lekin unda 30 yil oldingi, eski tartiblar mujassam. Demak, xususiylaştiriş jarayoni samarali, tizimli va aniq talablar asosida amalga oşirilişini ta’minlaş uçun birinçi galda qonunçilik bazasini mustahkamlaş zarur.
Yana bir muammo şundaki, şu paytga qadar minglab davlat korxonalari xususiylaştirilgan bölsa-da, sohada hamon jahon standartlariga mos tizim joriy etilmagan. Şu sababdir, bir qator xalqaro taşkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik qilina boşlangani aytilmoqda. Ammo xususiylaştiriş jarayoni allaqaçon boşlangan ekan, tajribalarni özlaştiriş tez sur’atlarda bölişi zarurligi oydinlaşadi.
Keyingi örinda xususiylaştiriş jarayonining xolis va şaffofligi turadi. Bunda albatta jamoatçilik iştiroki kerak. Lekin bu böyiça ham aytarli yaxşi natijalarga erişilmagan.
Xususiylaştiriş jarayoni, uning natijalari yuzasidan parlament va jamoatçilikka doimiy hisobot berişni yölga qöyiş vaqti keldi. Töğri, Davaktiv agentligi davlat uluşidagi korxonalar savdosi böyiça e’lonlar berib bormoqda. Lekin sotiş yoki sotmaslik masalasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilişi ham muhim.
Şuningdek, yirik aktivli korxonalarni xususiylaştiriş natijasida iş örinlari qisqarişi ehtimoli yuqori. Buning ortidan bandlik muammolari kelib çiqişi ham mumkin. Bunday şaroitda işsiz qolganlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini işlab çiqiş talab etiladi. Lekin hozirça bu haqda ma’lumotlar berilmagan.
Umuman olganda, xususiylaştiriş qançalik xolis, davlat va xalq manfaatlarini közlagan holda keçsa, respublika uçun şunça foydali natijalar olib keladi. Agar amaldorlar öz manfaatlarini közlab davlat mulkini tenderlar-u auksionlarsiz yoki boşqa noqonuniy yöllar bilan sotişga urinsa (bunday xabarlar tez-tez uçrab turadi), bu butun mamlakat, Özbekiston xalqiga xiyonatdir.
Islombek Umaraliyev











