Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Shimoliy Koreya fuqarolarining o‘rnini bosishi mumkin
Shimoliy Koreyadan kelib, Vladivostokda ishlamoqchi bo‘lgan mehnat muhojirlari o‘rnini o‘zbekistonliklar to‘ldirishi mumkin. Bu haqda gubernator vazifasini bajaruvchi Andrey Tarasenko ma'lum qildi.
Gap shundaki, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan 2375-son rezolyutsiya qabul qilinganidan so‘ng, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin mamlakatda mazkur hujjatga amal qilish bo‘yicha farmoyishni imzolagandi. Unga ko‘ra, Primorya hududiga ish izlab kelgan koreyalik muhojirlarni qonuniy tartibda ishga qabul qilish taqiqlandi.
Yaponiya hukumati ham Rossiyadan 25 mingga yaqin KXDR fuqarolariga ish bermaslikni so‘rab, diplomatik nota yuborgan. Endilikda A.Tarasenko bo‘shab qolgan ish o‘rinlarini O‘zbekiston fuqarolari bilan to‘ldirish imkoniyatidan foydalanmoqchiligini ma'lum qilgan. Shunga qaramay, ishga joylashtirilgan 10 ming nafar KXDR fuqarolari RFda faoliyatini davom ettirishi e'lon qilindi.
Uning aytishicha, O‘zbekiston Respublikasining Vladivostokdagi konsullik idorasi xodimlari bilan o‘rnatilgan tartibda muzokaralar boshlangan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026