Hozirgaça Özbekistonga uç xil vaksina olib kelindi. Dastlab, 16 martda COVAX dasturi orqali AstraZeneca vaksinasi keltirilgan bölsa, 27 mart kuni Özbekiston-Xitoy hamkorligida işlab çiqilgani aytilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining 1 million dozasi keltirildi. Oradan bir oyça ötib, 23 aprelda N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan işlab çiqilgan «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi. May oyi davomida özbek-xitoy vaksinasidan yana ikki partiya keldi.

Kun.uz avvalroq vaksinalar tarixi va vaksinatsiyaga oid savol-javoblarni ham yoritgandi.

Xöş, vaksinalarning qanday turlari bor? Bizga keltirilgan va keltirilişi mumkin bölgan vaksinalar inson organizmiga qay yösinda ta'sir qiladi?

Koronavirus vaksinalari qanday ta'sir qilişini anglab olişdan avval inson tanasi kasallikka qarşi qanday kuraşişini bilib oliş zarur. Virus kabi mikroblar organizmga yopişganda, ular hujum qiladi va köpaya boşlaydi. Mana şu hujum infeksiya deb ataladi va u kasallikka sabab böladi. Organizm kasallikka qarşi kuraşiş uçun bir neça instrumentlarni işga soladi. Qonda töqima va a'zolarga kislorod yetkazib beruvçi qizil hujayralar, oq yoki immun hujayralari mavjud. Ana şular infeksiyaga qarşi kuraşadi. Qonning turli xildagi oq hujayralari infeksiyaga qarşi bir neça yöl bilan kuraşadi.

Makrofaglar – mikrob yoxud ölgan (ölayotgan) hujayralarni yutib yuborib hazm qiladigan qonning oq hujayralari. Makrofaglar özidan hujum qilgan mikroblarning bir qismini qoldiradi va ular «antigenlar» deb ataladi. Organizm antigenlarni xavfli deb topadi va antitanaçalarni ularga hujum qilişga undaydi.