Xitoyning «Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan Özbekistonda 3-bosqiç sinovlari ötkazilgan, özbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining 1 million dozasi Xitoydan Özbekistonga olib kelindi.
Toşkent xalqaro aeroportidagi tadbirda prezident maslahatçisi A.Abduvohidov, soğliqni saqlaş vaziri A.Hojiboyev, innovatsion rivojlaniş vaziri I.Abdurahmonov va boşqa mas'ullar iştirok etdi.







Fevral oyida Özbekiston va Xitoy yangi vaksinani birgalikda işlab çiqariş va foydalanişga kelişgandi. 2021 yil 1 mart kuni ZF-UZ-VAC 2001 koronavirusning yangi tipiga qarşi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qöllaş uçun tegişli tartibda davlat röyxatidan ötkazilgan.
Bundan avvalroq, 17 mart kuni Özbekistonga 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelingan edi.
Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligining GAVI taşkiloti bilan hamkorligi doirasida yil oxiriga qadar mamlakatga 20 foiz aholini emlaş uçun yetarli darajadagi AstraZeneca vaksinasini, şprits va xavfsiz utilizatsiya qutilarini yetkazib beriş közda tutilgan.
Hozirda emlaş jarayonini boşlaş uçun 3 ming 138ta emlaş punktlari hamda 862ta mobil brigadalari şay holga keltirilgan. Şuningdek, vaksinalarni taşiş va hududlarga yetkaziş uçun YUNISEF 17ta muzlatkiçli yuk maşinasi va 206ta Miniven-Labo avtomobillarini taqdim etgan.













