Foto: Özbekistonga AstraZeneca vaksinasining 660 ming dozasi olib kelindi
|13:30 / 17.03.202114 0333 min
17 martga ötar keçasi Toşkentga Covid-19’ga qarşi AstraZeneca (CoviShield ) vaksinasidan birinçi partiya - 660 ming doza vaksina olib kelindi.
Foto: Soğliqni saqlaş vazirligiFoto: Soğliqni saqlaş vazirligi
Uşbu vaksinalarni yetkazib beriş Epidemiyalarga tayyorgarlikni ta'minlaş maqsadida innovatsiyalar uçun koalitsiya (CEPI), Vaksinalar va immunizatsiya böyiça global alyans (GAVI), Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) va BMT Bolalar jamğarmasi (YUNISEF)dan iborat bölgan COVAX global hamkorligi doirasida amalga oşirilmoqda.
«Özbekiston GAVI taşkilotining COVAX dasturiga a'zo davlatlar qatoriga kiradi. Şu bois, Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan 2021 yil yanvar oyida koronavirusga qarşi emlaş uçun vaksina yetkazib beriş yuzasidan GAVI taşkilotiga buyurtma berilgan edi», — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining örinbosari Botir Qurbonov.
Uşbu hamkorlik doirasida yil oxiriga qadar mamlakatga umumiy miqdorda 20 foiz aholini emlaş uçun yetarli darajada vaksina, şprits va xavfsiz utilizatsiya qutilari yetkazib berilişi közda tutilgan. COVAX fondi hisobidan Özbekistonga 2 million dozadan ortiq AstraZeneca vaksinasini yetkaziş, şundan 2021 yil I çorakda 35-40 foizini, qolgan qismini II çorakda dunyo böylab vaksinalarning işlab çiqariş imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda, bosqiçma-bosqiç yetkazib berilişi rejalaştirilgan.
«Bugun olib kelingan 660 ming doza vaksinalar COVAX Özbekiston uçun ajratgan 2 million doza vaksinalarning birinçi qismidir. Vaksinalarning qolgan qismi yaqin oylarda yetkazib beriladi.
Uşbu vaksinalar bilan respublikamizda aholini koronavirusga qarşi emlaş işlari boşlanadi va bosqiçma-bosqiç davom ettiriladi.
Yil boşida mamlakatimizda aholini koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaşni amalga oşiriş böyiça maxsus işçi guruh tuzildi. Soğliqni saqlaş vazirligi hamda YUNISEF va JSST bilan hamkorlikda respublikada koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaşni amalga oşiriş böyiça milliy dastur işlab çiqildi.
Unga köra, aholining yuqori xavfga ega qatlamlari belgilanib, ularni emlaş uçun 3 ming 138 ta emlaş punktlari, hamda 862ta mobil brigadalari şay holga keltirildi.
Albatta, uşbu tadbirlar koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş samarasini oşiriş, aholi salomatligini himoya qiliş maqsadida amalga oşirilmoqda», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
Eslatib ötamiz, bundan avval Covid-19’ga qarşi emlaşni amalga oşirişga tayyorgarlik uçun YUNISEF Toşkentdagi «Milliy» stadionida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati uçun 17ta muzlatkiçli yuk maşinasi va 206ta Miniven-Labo avtomobillarini topşirgan edi.