Qarorga asosan, Özbekiston böylab törtta turdagi kasb-hunarga öqitiş muassasalari faoliyati yölga qöyiladi:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 14 ta «Işga marhamat» monomarkazlari (şu yil oxirigaça) — röyxat;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi 30ta kasb-hunarga öqitiş markazlari (bir oy muddatda) — röyxat;
  • Toşkent şahrining har bir tumanida bittadan, jami 11ta qisqa muddatli kasb-hunarga öqitiş kurslari (bir oy muddatda) — röyxat;
  • Özbekiston böylab 136 ta mahallada mahalla aholisini kasb-hunarga öqitiş maskanlari (ikki oy muddatda) — röyxat.

Bundan taşqari, xususiy kasb-hunarga öqitiş muassasalari ham taşkil etilib, ularda mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar, tadbirkorlik asoslari va xorijiy tillar öqitiladi. Bunda ularga:

  • öquv dasturi va öqituvçilarni mustaqil tanlaş huquqi beriladi;
  • vazirlikning «Işga marhamat» monomarkazlari va kasb-hunarga öqitiş markazlarining, kasb-hunarga öqitiş muassasalarining binolari yoki ularning bir qismi hamda hokimlik va mahallalar tavsiyasiga köra boşqa böş turgan binolar yoki ularning bir qismi operativ boşqaruvga yoki uzoq muddatli imtiyozli ijaraga beriladi;
  • kasb-hunarga öqitiş markazlari binolari bir qismi berilgan taqdirda, mazkur markazlarning öquv jihozlari va anjomlaridan imtiyozli ravişda foydalanişga topşiriladi;
  • nodavlat kasb-hunarga öqitiş muassasalarida Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi hisobidan öqitiş uçun davlat buyurtmasining kafolatlangan eng kam darajasi belgilanadi.

Davlat yordami evaziga, nodavlat kasb-hunarga öqitiş muassasalari:

  • öqitiş va baholaş sifati mehnat bozori talablariga mos bölişini ta'minlaydi;
  • işsiz, kambağal aholini kasb-hunarga öqitiş xarajatlarini Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi hisobidan tölanayotgan davlat buyurtmasining miqdoridan oşirmaydi;
  • kasbiy könikmalari baholanayotgan fuqarolar töğrisidagi ma'lumotlarni Tasdiqlangan malakaga ega şaxslar milliy reyestriga qöşiş uçun taqdim etadi.

Nodavlat kasb-hunarga öqitiş muassasalarida ta'lim olib, WorldSkills va boşqa xalqaro standartlar darajasida kasbiy malaka sertifikatini (Skills pasporti) olgan bitiruvçilarga Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • kasb-hunarga öqiş va malaka imtihonini topşiriş xarajatlari qoplanadi;
  • tadbirkorlikka jalb etiş va özini özi band qilganlik uçun rağbatlantiriş subsidiyalari ajratiladi;
  • öz biznesini boşlaşi uçun imtiyozli kredit ajratişga yöllanma beriladi.

2021 yil 1 yanvardan boşlab, «Işga marhamat» monomarkazlari hamda kasb-hunarga öqitiş markazlari bitiruvçilarining kasbiy malakasini WorldSkills standartlari asosida baholaş yölga qöyiladi.

Baholaşdan muvaffaqiyatli ötgan bitiruvçilarga Özbekiston va xorijda tan olinadigan Skills pasporti beriladi.

Kasbiy malakasi tasdiqlangan bitiruvçilarning yagona reyestri tuziladi.