Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim ta’lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga auksion orqali ijaraga beriladi
Ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishi monitoring va nazorat qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik sub’yektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;
- “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali ta’lim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;
- ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;
- respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.
Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
- tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan;
- umumiy ovqatlanish bo‘yicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;
- oshxona faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha maxsus jihozlarga ega bo‘lgan;
- shartnoma va sud hujjatlari bo‘yicha zimmasida ijara hamda soliq to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan.
Mavzuga oid
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
17:39 / 22.06.2026
Bitiruvchilarning loyihalari uchun 5 million dollarlik “Venchur jamg‘armasi” tashkil etiladi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
18:05 / 26.05.2026