Toşkentda Kinematografiya agentligi boş direktori Firdavs Abduxoliqov öz öğli, qizi va rafiqasiga tegişli telekanalga davlat buyurtmalarini bergani yuzasidan sud jarayoni bölib ötmoqda.

Prokuratura amaldorga nisbatan MJtKning 175-8-moddasi (davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikni buziş) 4-qismi bilan ma’muriy iş qözğatgan.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning ma’lum qilişiça, iş yuzasidan hujjatlar JIB Çilonzor tuman sudining iş yurituviga 26 yanvar kuni kelib tuşgan va sud majlisi 27 yanvarga tayinlangan.

27 yanvardagi sud majlisida Firdavs Abduxoliqov iştirok etib, körsatma bergan. Şundan keyin sud işni köriş böyiça 31 yanvargaça tanaffus e’lon qilgan, lekin şu kuni Abduxoliqov sudga ariza bilan murojaat qilib, işni körişni boşqa kunga qoldirişni söragan.

Mazkur iş sudda körilayotgani haqida OAV va jamoatçilik ikkita sud majlisi ötib bölganidan keyin xabar topdi.

Iş böyiça 2 fevralga belgilangan navbatdagi sud majlisida sud qarori öqilişi mumkin, bu esa bundan avvalgi sud jarayonlaridan, xususan sudga çaqirilgan guvohlar va Abduxoliqovning sudda bergan körsatmalaridan jamoatçilik bexabar qolganini anglatadi.

Vaholanki, prezidentning oçiqlikka oid farmoniga binoan, 2021 yil 1 dekabrdan boşlab davlat xizmatçilarining kasbiy faoliyati bilan boğliq huquqbuzarliklarga oid işlar böyiça sud majlislari telekanallar va internetda jonli efirga uzatilişi kerak edi.

Bu talab bajarilişiga Milliy teleradiokompaniya va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi mas’ul.

Dekabr oyida bu ikki mas’ul taşkilot yirik korrupsion jinoyat sodir etgan Jizzax viloyati hokimining sobiq örinbosari Akrom Rahmonqulov sud qilinganida farmon talabini bajarmagandi.

Öşanda Kun.uz'ga izoh bergan Oliy sud matbuot kotibi mas’uliyatni MTRKga ağdargan, MTRK direktori örinbosari esa öz navbatida suddan bexabar bölganini aytib Oliy sudni ayblagandi