Hukumatning «Ilm-fan va ta'lim sohasidagi davlat taşkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi ilmiy darajaga ega xodimlarga qöşimça haq tölaş tartibi töğrisida»gi qarori bilan Ilm-fan va ta'lim sohasidagi davlat taşkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi xodimlarning lavozim maoşiga ilmiy darajasiga qarab, ustama qöşib berilişi belgilangandi.
16 noyabr kuni ötkazilgan Senat qömita yiğilişida Şavkat Ayupov yuqorida ta'kidlangan masalani tanqid qilib, dissertatsiya himoya işlariga jiddiy e'tibor qaratişni taklif etdi.
«Bizning (Özbekistonda yoqlanayotgan – tahr.) ayrim dissertatsiyalarimiz Rossiyadan olingan, faqat köçirmakaşlik bilan özbekçaga tarjima qilingan va himoya qilinmoqda. Bunday hollar bir neçta işlarda kuzatildi. Oliy attestatsiya komissiyasida antiplagiat dastur bor, ammo u özbek tilidagi resurslardan taşkil topgan. Bizga aynan rus tilida çiqqan işlar bilan soliştira oladigan antiplagiat kerak. Albatta, uzoq xorijdan heç kim olmaydi. Negaki, ularda (uzoq xorij davlatlarida – tahr.) bunday tizimlar (mahalliyga öxşaş – tahr.) yöq. Rossiyaniki bizga töğri keladi. Şu yerda betma-bet köçirib, himoyaga çiqayotgan odamlar bor. Son emas, sifatga e'tibor qaratiş kerak», — dedi u.
Olimpiya qömitasi rahbarining ilm-fan böyiça örinbosari Iskandar Mavlonovning şu yil mart oyida taşkil etilgan matbuot anjumanida bildirişiça, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 23ta yönaliş qamrab olinganiga qaramay, 3 yilda yoqlangan 3450ta dissertatsiyaning 585tasi tibbiyotga oid.
Ma'lumot uçun, 5 noyabr kuni 2030 yilgaça ilm-fanni rivojlantiriş konsepsiyasi e'lon qilingan. Unda ilmiy darajali kadrlarni tayyorlaşni muvofiqlaştirişning yagona elektron tizimini şakllantiriş vazifasi qöyilgan.
















