2030 yilgaça ilm-fanni rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlandi. Prezidentning tegişli farmoni e'lon qilindi.
Norma’ning yozişiça, 2021 yil 1 yanvardan boşlab quyidagilar joriy etiladi:
a) ilmiy taşkilotlar rahbarlarini Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida öqitiş va muntazam malakasini oşirib boriş tizimi;
b) hududlarda ilmiy faoliyat bilan şuğullanib kelayotgan iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ilm-fanga keng jalb qiliş maqsadida «Akademik harakatçanlik» dasturi;
v) ilmiy darajali kadrlarni tayyorlaşni muvofiqlaştirişning yagona elektron tizimi, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
stajyor-tadqiqotçi, izlanuvçi, ilmiy rahbar va konsultantlarga doir ma'lumotlar bankini şakllantiriş, stajyor-tadqiqotçi va izlanuvçilarning yakka tartibdagi rejasidagi işlar bajarilişini qayd etiş;
ilmiy darajali kadrlarni tayyorlaş institutlarining samaradorligi monitoringini olib boriş, tegişli hisobotlar va tahliliy ma'lumotlarni şakllantiriş;
stajyor-tadqiqotçilik, tayanç doktorantura, doktoranturada öqiş uçun qabul kvotalari böyiça buyurtmanoma şakllantiriş;
ilmiy darajali kadrlarni tayyorlaş institutlarida öqiş uçun talabgorlarni röyxatga oliş.
Har bir ilmiy taşkilotda ilm-fan va ilmiy faoliyat böyiça maslahatçi lavozimi kiritiladi, bu lavozimga taniqli ilm-fan namoyandalari va nufuzli olimlardan biri tayinlanadi. Şuningdek maslahatçi taşkilotning Ilmiy kengaşini boşqaradi.
Tasdiqlangan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş darajasini baholaşning reyting körsatkiçlariga tegişli hududda mahalliy budjet mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar soni, 1 mln aholi soniga töğri keladigan ilmiy tadqiqotçilar va olimlar soni, tijoratlaştirilgan ilmiy işlanmalar soni va hajmi indikatorlari kiritiladi.
Ilmiy taşkilotlar rahbarlari lavozimiga ustuvor ravişda ilm-fan tizimini boşqariş könikmasiga va iqtisodiy bilimga ega bölgan yoş mutaxassislar tayinlanadi. Barça davlat boşqaruvi organlari va xöjalik birlaşmalarining respublika darajasidagi rahbarlari (birinçi örinbosarlari) bir vaqtning özida ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirişga mas'ul hisoblanadi hamda bu borada tizimdagi taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştirib boradi. Har bir fan yönalişlari böyiça fan jamiyatlari taşkil qilinadi.
2021 yilda xalqaro mustaqil ekspert kompaniyalarini jalb etgan holda Innovatsion rivojlaniş va novatorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan barça davlat ilmiy taşkilotlarining ilmiy-innovatsion faoliyati auditdan ötkaziladi.
Özbekistonda quyidagi hujjatlarni tan oliş tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:
oliy ta'limdan keyingi ta'limning bir poğonali tizimi joriy qilingan xorijiy davlatlarning röyxati har yili Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining qöşma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro reytinglarda birinçi 300 ta örindan birini egallagan oliy ta'lim taşkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasi töğrisidagi hujjatlari Özbekiston Respublikasida fan doktori (DSc) sifatida töğridan-töğri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi (ekvivalentligi qayd etiladi);
xalqaro reytinglarda birinçi 300 ta örindan birini egallagan oliy ta'lim taşkilotlarida olingan professor, dotsent, katta ilmiy xodim va ularga tenglaştirilgan boşqa ilmiy unvonlar töğrisidagi hujjatlar oliy ta'lim muassasalari va ilmiy taşkilotlar kengaşlarining tavsiyasiga asosan Özbekiston Respublikasida qöşimça ekspertiza ötkazmasdan va boşqa sinovlarsiz töğridan-töğri tan olinadi.












