O‘zbekiston | 17:15 / 02.11.2024
11209
2 daqiqa o‘qiladi

Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi, loyiha 170 mln dollardan ziyodga baholandi

Germaniya kompaniyasi tomonidan ishlangan loyiha doirasida Chorsu maydonida yangi mehmonxona, biznes markaz va turar joy binolari quriladi. Jumladan, “Chorsu” mehmonxonasi demontaj qilinadi. Jarayon 2025 yildan boshlanib, 2029 yilgacha davom etishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Videodan kadr

Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yakuniy loyiha taqdim etildi. Bu haqda jamoatchilik vakillari Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilinganini yozmoqda.

Qayd etilishicha, loyiha Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning doirasida Chorsu maydonida yangi mehmonxona, biznes markaz va turar joy binolari barpo etiladi. Qurilish ishlari 2025 yilda boshlanib, 2029 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 170 million AQSh dollaridan ortiq deb baholangan.

Ta’kidlanishicha, rekonstruksiya jarayonida 1982 yilda qurilgan va uzoq vaqt tashlandiq bo‘lib qolgan “Chorsu” mehmonxonasi binosi buziladi.

2024 yilning texnik ekspertizasiga ko‘ra, binoning temir-beton konstruksiyalari jiddiy shikastlangan va rekonstruksiya qilishga yaroqsiz deb topilgan”, – deyiladi xabarda.

Yangi quriladigan majmua Chorsuning umumiy me’moriy shakl-shamoyilini saqlab qolgan holda shaharning muhim arxitektura markazlaridan biriga aylanishi aytilmoqda. Yangi majmuada zamonaviy ofislar, mehmonxonalar va turar joy binolari bilan birga “Chorsu” mehmonxonasiga bag‘ishlangan kichik muzey ham ochilishi rejalashtirilgan.

Дилшода Шомирзаева
Tayyorlagan Дилшода Шомирзаева

Mavzuga oid