Bir paytlar Toşkentning körki bölgan muhtaşam “Çorsu” mehmonxonasi asr boşidan beri qarovsiz holda yotibdi. Avvaliga koreys, keyin turk va arab investorlari undan yuz ögirdi. Majmua jozibador nuqta – şahar markazida joylaşganiga qaramay, unga nega ega topilmayotgani jumboqli.

Poytaxt markazidagi Navoiy, Beruniy va Samarqand darvoza köçalarining kesişmasida joylaşgan mehmonxona 1982-1983 yillarda qurib bitkazilgan. Unga dastlab “Moskva” nomi qöyilgan. Mustaqillikdan keyin bu “Çorsu” nomi bilan özgartirilgan.

“Çorsu”(“Moskva”) mehmonxonasining quriliş jarayoni

“Çorsu” mehmonxonasi 23 qavatli bölib, dastlabki 2 qavati restoran, banket zali, ma’muriy boşqaruv xonalari uçun möljallangan. Binoning pastki qismida baland qilib tirgakli devorlar yordamida supasimon kompozitsiya taşkil qilinib, uning yaqinida joylaşgan Kökaldoş madrasasining eng pastki qismiga tenglaştirilgan. 

1983 yil / Foto: M. Penson, V. Telegin.
Foto: Joachim Kaddatz/pastvu.com

Mehmonxona 2000 yillarga qadar faol ravişda işlaydi. Keyinçalik turizm sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari doirasida rekonstruksiya qiliş böyiça işlar boşlanadi.

Xususan, 2002 yil 26 noyabrda Vazirlar Mahkamasining “Çorsu mehmonxona kompleksini rekonstruksiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinadi. Qarorda “Özbekturizm” va “Emsash” (Turkiya) firmasi ustav jamğarmasi 10 mln dollar (Özbekiston tomonining uluşi – 3 mln dollar, “Emsash” kompaniyasining uluşi – 7 mln dollar) bölgan “Çorsu Otel” qöşma korxonasini taşkil etişi közda tutilgandi. Bunda “Emsash” firmasi tomonidan “Çorsu” mehmonxona kompleksi töliq rekonstruksiya qilinişi kerak bölgan. Biroq, loyiha tugallanmaydi va 2005 yilning bahorida hukumat qarori bekor qilinadi.