Rad qilingan qonun, nos haqidagi bahslar va mavhum jamoat joyi tushunchasi – Qonunchilik palatasining jonli efirdagi majlisi qanday o‘tdi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisining bir qismi jonli efirda uzatildi. Kun.uz ushbu jonli efirdagi e'tiborga molik holatlarni taqdim etadi.
Majlis avvalida deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. 108 nafar deputat qatnashgan majlisda qonun birinchi o‘qishda 100dan ortiq deputatning ovozi bilan qabul qilindi.
Ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilgan «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlarning qizg‘in bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi.
Alkogol va tamaki mahsulotlari tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan qonunda, avvalo jamoat joyi tushunchasiga to‘liq ta'rif berilmagani qayd etildi. Shuningdek, qonunga kiritilayotgan «nosvoy» bo‘yicha tegishli bandlar ham ayrim deputatlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ularning fikriga ko‘ra, nos haqidagi talablarning qonunchilikka kiritilishi uning legalizatsiyasiga yo‘l ochishi va yanada ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Lekin, ko‘pchilik boshqa deputatlar real hayotda, chekka hududlarda ko‘pchilik baribir nos chekishini, bundan ko‘z yumish emas, balki holatni tartibga solish zarurati borligini ta'kidlashdi.
Faol deputatlardan Alisher Qodirov loyihadagi tamaki mahsulotlarining turi sifatida keltirilgan sun'iy sintez mahsulotlarini bu turga qo‘shmaslik haqida gapirdi. Rasul Kusherbayev esa qonunda keltirilgan alkogol va tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish taqiqlangan joylar borasida tushunmovchiliklar borligini ta'kidladi.

Spiker Nuriddin Ismoilov qonunning bu talabi uning rus tilidagi matnida yaxshiroq tushuntirib, izohlab berilganini ta'kidladi.
Munozaralarda ilgari surilgan takliflar, deputatlar bergan tavsiyalar asosida loyihaning ba'zi moddalari o‘zaro muvofiqlashtirilib, tarkibiy jihatdan tuzatishlar kiritildi. Bahsli bo‘lgan ayrim moddalarga berilgan takliflarni inobatga olgan holda, loyihani takomillashtirish maqsadga muvofiq deb topildi va u ikkinchi o‘qishdan o‘tmadi.
Shundan so‘ng palata majlisini jonli efirga uzatish to‘xtatildi.
Qonunchilik palatasi matbuot xizmatiga ko‘ra, kunning ikkinchi yarmida deputatlar «Organik mahsulotlar to‘g‘risida»gi, Soliq kodeksining tegishli moddalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi, «Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi, «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonun loyihalarini ko‘rib chiqqan va qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi qonunlar kuchga kirishi uchun deputatlar uni jami uch o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qilishi kerak. Keyin qonun Oliy Majlis Senatiga o‘tadi, prezident tomonidan imzolangach, hujjatning o‘zida belgilangan muddatda kuchga kiradi.
- Antikorrupsiya agentligining ma'lum qilishicha, ochiqlikka doir prezident farmonida keltirilgan tavsiyalar asosida, endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mazkur oyda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sessiyalari ham mahalliy telekanallar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn translatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Rossiyaning savdo hamkorlariga 500 foizlik boj joriy qilmoqchi
Jahon | 17:01
-
Rekord daromad va xalqaro reytinglar: 2025 yil boshidan beri Octobank erishgan yutuqlar
Jamiyat | 17:00
-
Prezident Xonqa tumanida mebelsozlik sanoat zonasini borib ko‘rdi
O‘zbekiston | 16:58
-
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
O‘zbekiston | 16:22
Mavzuga oid

11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?

18:00 / 23.04.2025
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – Qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?

18:13 / 22.04.2025
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin

17:14 / 19.04.2025