11:51 / 27.03.2018
13749

Kim Chen In tashrifi haqidagi xabarlardan so‘ng Pekinda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Foto: KCNA/REUTERS

Xitoy poytaxti Pekindagi Chanantsze asosiy ko‘chasida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Bu KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatga tashrif buyurgani haqida OAV tomonidan tarqatilgan xabarlar fonida yuz berdi, deb ma'lum qilmoqda RIA «Novosti».

Avvalroq, Bloomberg agentligi manbaga asoslangan holda KXDR yetakchisi 2011 yildan beri ilk marta mamlakatni tark etgani va Xitoyga tashrif bilan borgani haqida xabar bergandi.

Kim Chen In Pekinda ekaniga oid rasmiy ma'lumotlar hozircha yo‘q.

Janubiy Koreya hukumatining taxminiga ko‘ra, KXDRdan maxsus poyezd bilan boshqa bir yuqori mansabli amaldor ham kelgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top