Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In 7 yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyani tark etib, Xitoyga yetib keldi
Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 2011 yildan beri ilk bor Shimoliy Koreya hududini tark etib, Pekinga Xitoyga ilk tashrif bilan yetib keldi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, maxsus poyezd Kim Chen Inni Xitoyning shimoli-sharqiy chegarasida joylashgan Dandun shahri orqali Pekinga olib kelgan.
Ta'kidlanishicha, Kim Chen Inning Xitoyga tashrifi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazish qarori bilan bog‘langan.
Tashrifning qolgan tafsilotlari, jumladan Kim Chen In kimlar bilan uchrashishi va tashrifi qancha uzoq davom etishi haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.
Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin jurnalistlarning o‘tgan dam olish kunlari Dandun temir yo‘l vokzalida shimoliy koreyalik rasmiy shaxs payqalgani haqidagi xabarga izoh berish iltimoslariga javoban, bu haqda hech qanday ma'lumotga ega emasligini aytgan. Chunin, shuningdek, ikki davlat rasmiy vakillarining ehtimoliy aloqalari bo‘yicha ham hech qanday izoh bermagan.
Mavzuga oid
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026