Mamlakat asosiy qonuninning 1992 yildan buyon özgarmay kelayotgan 1-moddasi tahririda ham özgarişlar bölişi kutilmoqda. Loyihaning taklif etilayotgan matniga köra, Özbekiston — suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat ekani belgilanmoqda. Xöş, bu özgarişlar amaldagisidan nimasi bilan farq qiladi?
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yil 7 dekabrda Özbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bağişlangan tabrigida «Ayni vaqtda biz Konstitutsiyamiz normalarini hayotga töla tatbiq etiş, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlaş borasida hali köp iş qilişimiz kerakligini yaxşi tasavvur qilamiz», deb huquqiy davlatning muhim talablari haqida ta’kidlab ötdi.
Mazkur tabrikda «...hozirgi kunda Özbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat quriş sari dadil bormoqda. Şu sababli «Yangi Özbekiston – ijtimoiy davlat», degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlaşning vaqti-soati yetdi»..., «Ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yaşaş uçun zarur bölgan iste’mol tovarlarining eng kam miqdori belgilab qöyilişini nazarda tutadi. U şaxs va uning oilasi munosib hayot keçirişi uçun yetadigan iş haqi, bandlikni ta’minlaş, xavfsiz mehnat şaroitini yaratiş, kambağallikni qisqartirişni talab qiladi.
Şu bilan birga, işsizlikdan himoyalaniş, kafolatlangan sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, barça uçun teng imkoniyatlar, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor şaxslarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş ham ijtimoiy davlatning asosiy vazifasidir.
Şular qatorida yaşaş uçun zarur resurslar – içimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va boşqa qulayliklar bilan ta’minlaniş, majburiy mehnatga taqiq qöyiş ham ijtimoiy davlatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir söz bilan aytganda, ijtimoiy davlatda heç kim e’tibordan çetda qolmaydi, öz muammolari bilan yolğiz taşlab qöyilmaydi», deb bayon etilgan.
Uşbu qöşimça bilan Özbekiston davlatining siyosiy-huquqiy maqomiga yangi uçta, ya’ni «huquqiy davlat», «ijtimoiy davlat» va


















