Huvaydo: tayyor, sifatli va keng xonadonlar egasiga aylaning

Sizda yangi, tayyor va sifatli ta'mirlangan xonadonlarni foydali shartlar bilan xarid qilish imkoniyati bor. Huvaydo turar joy majmuasida farovon hayot uchun barcha qulayliklar bunyod etilgan. Tayyor xonadonlar xaridorlarga qulay va foydali shartlar bilan taklif etiladi. Har bir xaridorga yer osti avtoturargohidan joy sovg‘a qilinadi.
Bu yerda siz muhtasham va betakror uyda yashaysiz. Majmuadagi uy-joylarning barchasi o‘ziga xos va noan'anaviy me'moriy yechimga ega. Majmuada umumiy oltita bino mavjud. Ulardan beshtasi 6 qavatli, bittasi esa 7 qavatli Huvaydo TOWER uy-joy binosi hisoblanadi. Mazkur bino turar joy majmuasining ko‘rki bo‘lib, sizni ichkarida oddiy yo‘lak o‘rniga 31 metr balandlikka ega, mahobatli atrium qarshi oladi. Atrium tepasi aylana oynavand bo‘lib, ichkariga yorug‘lik tushib turadi. Shu sabab yetti qavatli, ichki intererda o‘ziga xos fazoviy muhit vujudga keladi. Oynavand «Kone» liftlari har qanday kishida go‘yo mehmonxonada yashayotgandek hissiyot uyg‘otadi.
Majmua va undagi barcha xonadonlar tayyor. Keng va yorug‘ xonadonlar o‘z egasini kutmoqda. Barcha xonadonlar sifatli ta'mirlangan, hamda eshik, pol, isitish radiatorlari va santexnika bilan jihozlangan. Xonadonlarni loyihalashda noodatiy uslubdan foydalanilgan. Panorama oynalar o‘rnatilgan. Bu yerda barcha jihat hisobga olingan, hamma narsa puxta o‘ylangan va mukammal rejalashtirilgan.
Turar joy majmuasi qo‘shimcha quyidagi tavsiflarga ega:
- Umumiy maydon 20.634 m²;
- Ko‘kalamzor hudud 6.900 m²;
- Avtoturargoh joylari soni 173 ta;
- Sport va bolalar maydonchasi;
- Favvora;
- Sayr yo‘laklari;
- Tun-u kun qo‘riqlash xizmati.
Turar joy majmuasi katta ko‘chaga yaqin joyda qurilgan bo‘lib, uning yaqinida qayta ta'mirlangan zamonaviy maktab, bolalar bog‘chasi, ikkita katta masjid, oziq-ovqat, gullar, shirinlik va kiyim do‘konlari, qahvaxona, restoranlar hamda turli xizmat ko‘rsatish maskanlari joylashgan. «Beruniy» metro bekatigacha piyoda 10 daqiqalik yo‘l.
Foydali imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Barcha qulayliklarga ega Huvaydo turar joy majmuasiga tashrif buyuring hamda to‘lovning qulay shartlaridan foydalanib xonadon sohibi bo‘ling.
Batafsil: +99895 194-00-40
Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 60-65 uylar.
Sotuv ofisimiz har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Telegram: t.me/huvaydoresidence
Facebook: fb.com/huvaydoresidence
Instagram: @huvaydo_residence
Sayt: huvaydo-residence.uz
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi
O‘zbekiston | 10:52 / 05.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:02 / 04.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi
Jahon | 23:33 / 06.03.2025
-
Zelenskiy Ukraina va AQSh delegatsiyalari uchrashishini e’lon qildi
Jahon | 23:13 / 06.03.2025
-
HAMAS Trampning tahdidiga qaramay garovga olinganlarni ozod qilmadi
Jahon | 22:42 / 06.03.2025
-
Tramp Meksika va Kanada avtomobil ishlab chiqaruvilarini bir oy muddatga bojdan ozod etdi
Jahon | 22:20 / 06.03.2025
Mavzuga oid

09:00 / 02.03.2021
Huvaydo turar joy majmuasidagi shinam xonadonlarda yashang!

09:00 / 20.02.2021
Huvaydo – shinam xonadonlar sizni kutyapti!

09:00 / 02.02.2021
Huvaydo – zamonaviy, qulay va mukammal maskan

12:00 / 27.01.2021