Holand abadiy rekordni yangiladi, «Atletiko» «Real»ni quvib o‘tdi. Yevropada kun o‘yinlari
Yevropa futbolida chorshanba oqshomida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

Foto: Getty Images
Angliya: «Manchester Siti» «Vest Hem»ni yirik hisobda yengdi va chempionlik sari yana bir qadam tashladi
Manchester Siti — Vest Hem 3:0
Gollar: Ake (50), Holand (70), Foden (85).
Manchester Siti – Ortega, Uoker, Ake (Akanji, 77), Diash, Stounz, Grilish, Silva, Rodri (Fillips, 90), Mahrez, Holand, Alvares (Foden, 77).
Vest Hem – Fabianski, Tsoufal (Jonson, 62), Ogbonna, Kerer, Kressuell, Emerson, Fornals, Paketa, Dauns, Bouen (Benrahma, 79), Antonio (Ingz, 67).
Ogohlantirish: Dauns (49).
«Manchester Siti» zaxirasidagi ikki o‘yindan birinchisida «Vest Hem»ni mag‘lub etdi, ammo De Bryuyne yo‘q o‘yinda birinchi bo‘limda gol ura olmadi. Hujumlarni yakunlashda Holandga nimadir yetishmadi, norvegiyalik hujumchi jarima maydoniga yorib kirgan Rodrini to‘p bilan ta’minlaganida esa mehmonlarni darvoza ustuni qutqarib qoldi. Ammo «shaharliklar» ikkinchi bo‘limda jarima zarbasidan maksimum natija chiqarib oldi, Mahrezning uzoq ustun tomon yo‘llagan uzatmasini Ake barchadan baland sakrab darvoza to‘riga joyladi.
Ko‘p o‘tmay Holand yana bir rekordni yangiladi. Qarshi hujumda Grilishning pasiga ideal darajada ochilgan va to‘pni darvozabon ustidan tashlab qo‘ygan 22 yoshli hujumchi Alan Shirer va Endi Koul bir mavsumda ko‘p gol urish bo‘yicha APL ilk ta’sis etilgan va mavsumdagi o‘yinlar soni ko‘proq bo‘lgan yillarda o‘rnatgan rekordni ham ortda qoldirdi. Erlingning gollari soni 35 taga yetdi, uning jamoasi esa «Arsenal»ga imkon qoldirmayapti va yetakchilikni yana o‘ziga qaytardi.
«Siti» — bir ochkoga oldinda, ammo zaxirada yana bir o‘yin borligi jamoani xotirjam qiladi.
Liverpul — Fulhem 1:0
Gol: Saloh (39, penalti).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Tsimikas (Roberson, 66), Henderson, Fabino, Jons (Milner, 84), Saloh (Elliott, 84), Dias (Gakpo, 66), Nunes (Jota, 83).
Fulhem – Leno, Soaresh, Adarabioyo, Diop, Robinson, Kerni (Dekordova-Rid, 71), Uilson (Kebano, 71), Lukich (Rid, 71), Palinya, Villian (Jyeyms, 80), Vinisius (Solomon, 79).
«Liverpul» nihoyat o‘ynalgan o‘yinlar soni bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri raqiblari bilan tenglashdi va endi «Tottenhem» hamda «Aston Villa» besh ochkoga ortda qoldirmoqda. Qizillar beshinchi o‘rinni band qilib bo‘lgandek ko‘rinmoqda, lekin Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqish uchun mo‘jiza talab etiladi. Agar payshanba kuni «MYu» «Brayton»ni mag‘lub etsa, Klopp shogirdlari keyingi mavsumda asosiy yevrokubokda ishtirok etishdan umid uzsa ham bo‘ladi.
Chorshanba kungi o‘yinda esa Nunyyes tomonidan ishlangan va Saloh tomonidan aniq ijro etilgan penalti o‘yin masalasini hal qildi. Misrlik hujumchi «Enfild»dagi so‘nggi sakkiz o‘yinni golsiz tark etmagan va bu 2014 yilda Luis Suares tomonidan qayd etilgan seriyaning takrorlanishi bo‘ldi. Bu o‘yindagi yana bir e’tiborli jihat — Alisson bu mavsumda qaytargan zarbalar soni 100 taga yetdi. Shu bilan birga bu raqam Yurgen Klopp jamoasi o‘ziga xos bo‘lmagan mavsumni o‘tkazganini ko‘rsatadi, chunki oldingi mavsumlarda APL o‘yinlarida braziliyalik posbonga bunday yuklama tushmasdi. Qolaversa, finishga qadar hali yana bir qancha o‘yin bor.
Ispaniya: buyuk «Atletiko»
Atletiko — Kadis 5:1
Gollar: Grizmann (2, 27), Morata (49), Karrasko (57, penalti), Molina (73) — Losano (72).
Atletiko – Grbich, Molina (Doerti, 86), Ximenes, Ermoso, Vitsel, Karrasko (Korrea, 64), Koke, De Paul, Lemar (Regilon, 72), Grizmann, Morata (Barrios, 71).
Kadis – Ledesma, Karselen, Xorxe Mere, Mbayye, Arsamendiya, Alexo (de la Rosa, 72), Aleks Fernandes (Xose Mari, 61), Alkaras, Diarra (Losano, 46), Bongonda, Negredo (Ramos, 61).
Ogohlantirishlar: Diarra (16), Karrasko (21), Lemar (36), Alexo (38), Molina (44).
Bahorda eng barqaror va sermahsul o‘yin ko‘rsatayotgan jamoa «Real»dan ikkinchi o‘rinni tortib olishga erishdi. «Barselona» 1:0 hisobidagi g‘alabalarni kolleksiya qilayotgan, Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi va Ispaniya Kubogi o‘yinlariga ustuvorlik berayotgan mahalda, «Atletiko» yorqin futbol namoyish etmoqda. Eng qizig‘i, «matraschilar» faqat o‘yindan gol urib kelayotgandi, bu turda Ferreyra-Karrasko tomonidan aniq ijro etilgan penalti — o‘tgan yil mayidan buyon birinchisi bo‘ldi.
Diyego Simeone jamoasidagi istalgan nuqta hozirda juda yaxshi holatda. Hatto shu vaqtgacha chempionatda gol urmagan himoyachi Molina qatorasiga ikkinchi turda raqiblar darvozalarini ishg‘ol etdi. Morata va Grizmann haqida gapirish ortiqcha. Fransuz futbolchisi qatorasiga uchinchi o‘yinda kamida ikki samarali ball ishlab, qizil-oqlar uchun xos bo‘lmagan seriya qayd etdi. U «Malorka» bilan o‘yinda ikki golga uzatma bergandi, «Valyadolid» bilan o‘yinda assistlar bo‘yicha het-trik qildi, endi esa «Kadis» darvozasiga dubl rasmiylashtirdi. «Atletiko» 1948 yildan buyon ilk bor qatorasiga ikki turda beshtadan gol urdi. Bu Simeonening jamoasi ekaniga shubha paydo qiladi.
Italiya: «Latsio» «Napoli»ga sovg‘a qilishni istamadi
Yuventus – Lechche 2:1
Gollar: 1:0 – 15 Paredes, 1:1 – 37, penalti Sisey, 2:1 – 40 Vlahovich.
Yuventus – Shchensni, De Shilyo (Kuadrado, 33), Bonuchchi, Danilo, Bremer, Gatti, Lokatelli, Kostich, Di Mariya (Keza, 73), Paredes, Fadjoli, Miretti (Pogba, 73), Vlahovich.
Lechche – Falkone, Baskirotto, Romanyoli, Umtiti, Petssella (Chekkaroni, 71), Male (Blen, 60), Yulmand, Gonsales (Di Franchesko, 60), Banda, Uden, Sisey.
Chorshanba kungi o‘yinlarning birinchi blokida «Yuventus» to‘rt tur davom etgan muvaffaqiyatsiz seriyasiga (=1-3) barham berdi. Ya’ni, raqiblarning o‘yinlariga qadar turinliklar uchinchi o‘rinni o‘zida saqlab qolishini kafolatladi. Barchasi Paredes tomonidan ijro etilgan ajoyib jarima zarbasi bilan boshlandi, ushbu argentinalik futbolchi yaqinda Massimiliano Allegri bilan ziddiyatga borgan va o‘ziga yetarli o‘yin amaliyoti berilmayotganidan shikoyat qilgandi.
Ammo aynan shu futbolchi «Yuve»ning top-5 ligalarda to‘g‘ridan to‘g‘ri standart zarbalaridan gol urish bo‘yicha yetakchilik maqomini tasdiqladi. Bu jamoaning jarima zarbalaridan urilgan to‘rtinchi goli bo‘ldi (uch ijrochi tomonidan), «Lechche» penaltidan urgan golga esa Vlahovich javob qaytardi. Golsiz seriyasi 773 daqiqa davom etgan serbiyalik futbolchi jarima maydonida ortiga o‘girilib, darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi.
Latsio — Sassuolo 2:0
Gollar: Anderson (14), Bashich (90+2).
Latsio – Provedel, Gabarron, Kazale, Marushich (Hyusay, 68), Luis Alberto, Vesino (Milinkovich-Savich, 45), Markos Antonio (Bashich, 73), Ladzari, Felipe Anderson, Dzakkani, Immobile (Pedro, 68).
Sassuolo – Konsilyi, Dzortea (Tolyan, 73), Ferrari, Ruan (Erlich, 88), Rojyerio, Obiang (Torstvedt, 82), Frattezi, Mateus Enrike, Berardi, Loryante (Bayrami, 46), Defrel (Alvares, 72).
Ogohlantirishlar: Loryante (27), Alberto (40), Berardi (41), Ruan (51), Dzortea (60), Marushich (62), Tolyan (82), Ladzari (84).
«Latsio» esa «Napoli» divanda o‘tirgan holda chempion bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi, shuning uchun payshanba kungi o‘yinda Luchano Spalletti «Udineze» maydonida mag‘lubiyatga uchramasligi talab etiladi. Rimliklar esa Markos Antonioning uzatmasiga himoyachilar ortida ochilib, darvozani ishg‘ol etgan Felipe Andersonning golidan keyin o‘yin masalasini amalda hal qilishdi. Braziliyalik futbolchi so‘nggi to‘rt turda uch gol urgan. Qatorasiga ikki o‘yinda «Torino» va «Inter»ga yutqazgan jamoa yana o‘ziga kelib oldi va ikkinchi o‘ringa qaytdi.
Verona — Inter 0:6
Gollar: Gaych (31, avtogol), Chalxono‘g‘li (36), Jyeko (37, 61), Martines (55, 90+2).
Inter – Handanovich, Dumfris (Dzanotti, 65), de Vrey, D`Ambrozio (Bellanova, 57), Acherbi, Dimarko (Darmian, 57), Mxitaryan (Galyardini, 65), Brozovich (Aslani, 78), Chalxono‘g‘li, Jyeko, Martines.
Milan — Kremoneze 1:1
Gollar: Messias (90+3) — Okereke (77).
Milan – Menyan, Kalabriya, Tiav, Kalulu, Ballo-Ture, Binnosir (Krunich, 46), Dias, Salemakers (Messias, 75), de Ketelare (Jiru, 63), Vranks (Tonali, 75), Origi (Leau, 63).
Monsa — Roma 1:1
Gollar: Kaldirola (39) — Al-Sha’roviy (24).
Monsa – Di Gregorio, Kaldirola (Marlon, 86), Mari, Itsso, Karlos Augusto, Pessina, Kolpani (Birindelli, 46), Rovella (Machin, 65), Churria, Kaprari (Valoti, 66), Mota (Gyutkyayer, 86).
Roma – Patrisiu, Chelik, Manchini, Rojyer, Kristante, Zalevski (Spinatssola, 61), Pellegrini, Bove (Tahirovich, 84), Al-Sha’roviy (Volpato, 69), Solbakken (Kamara, 61), Abraham.
Ogohlantirishlar: Palladino (35), Churria (43), Kristante (53), Pellegrini (58), Itsso (90), Chelik (90+1), Pessina (90+2).
Chetlatish: Chelik (90+5).
Hafta o‘rtasidagi o‘yinlar arafasida Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun da’vogar jamoalardan uchtasi bir xil ochkoga ega edi. Lekin bu jamoalarning o‘yinlari boshlanishi arafasida «Atalanta» «Spetsiya»ni mag‘lub etdi va bu jamoalardan bir ochkoga o‘zib ketdi. Ammo bergamoliklar kutilganidek to‘rtinchi o‘rindan tushirib yuborildi.
To‘g‘ri, bunga faqat olti daqiqa ichida «Verona» mudofaasini yakson etgan «Inter»gina muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlar hujumchisi Gaychda o‘z jamoasi jarima maydoni ichida forvardlik instinkti uyg‘onib ketdi va u o‘z jamoasi darvozasi burchagini aniq nishonga oldi. Shundan keyin raqibga bosh ko‘tarishga imkon bermagan mehmonlar hisobni yiriklashtirib yuborishdi, Hoqon Chalxono‘g‘li o‘z uslubida uzoq masofadan turib to‘qqizlikni aniq nishonga oldi, Jyeko darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda aniq harakat qildi. Ikkinchi bo‘limda bosniyalik hujumchi yana bitta, Lautaro Martines esa ikkita gol urdi — «Verona» o‘z tarixida ilk bor o‘z maydonidagi o‘yinda oltita gol o‘tkazib yubordi.
«Milan» esa turnir jadvalining quyi qismida borayotgan «Kremoneze» bilan o‘yinda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ehtimol, Salemakersning tezkor golida VAR kichik ofsayd qayd etmaganida, «rossonerilar» uchun barchasi yaxshi yakunlanishi mumkin edi. Ammo gol bekor qilindi, shundan keyin mehmonlar jarima maydoniga qamalib olishdi. Himoya qo‘rg‘onini yorib o‘tish juda qiyin edi, Stefano Pioli esa rotatsiya amalga oshirib, yetakchilariga dam bergandi. Ularni baribir maydonga tushirishga to‘g‘ri keldi, ammo Tonali ham, Jiru ham, hujumlarni jonlantirgan, ammo qulay pozitsiyadan xato zarba bergan Rafael Leau ham gol ura olmadi. Milanliklar himoyasini dog‘da qoldirgan Okereke esa hisobni ochdi.
Mezbonlar faqat qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi, Krunichning murakkab jarima zarbasidan keyin Junior Messias to‘pni darvoza to‘riga to‘g‘rilab yubordi, «Milan» futbolchilari baribir ikki ochkodan quruq qolishdi.
Buni «Roma» haqida ham aytish mumkin, rimliklar «Monsa» maydonida kichik ustunlikni saqlab qola olishmadi. Mourino shogirdlari birinchi bo‘limda hisobni ochishgan, Abrahamning bosimi ostida darvozabon pozitsiyasini yo‘qotganida Al-Sha’roviy ikkinchi urinishda darvozani ishg‘ol etgandi. Lekin mezbonlar birinchi bo‘limning o‘zida hisobni tenglashtirdi va rimliklar «Milan» bilan birga qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Atalanta»dan ortda qolishmoqda, «Inter» esa ikki ochkolik farq bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.
Germaniya: kutilgan final
Germaniya Kubogi. Yarimfinal
Shtutgart — Ayntraxt 2:3
Gollar: Tomash (19), Miyo (83) — Ndika (51), Kamada (55), Kolo-Muani (77, penalti).
Shtutgart – Bredlov, Vagnoman, Anton (Miyo, 63), Mavropanos (Zagadu, 32), Ito, Sosa, Karazor, Endo (Fyurix, 78), Mvumpa, Girassi, Tomash (Kulibali, 63).
Ayntraxt – Trapp, Ndika, Tuta, Hasebe, Lens, Ebimbe, Gyotse (Lindstrem, 78), Rode (Buta, 46), Sou, Kamada, Kolo-Muani (Borre, 83).
Ogohlantirishlar: Gyotse (4), Sou (5), Girassi (9), Tiagu Tomash (20), Bredlov (75), Ito (80), Sosa (80), Buta (90+2), Lens (90+4).
Chetlatish: Sosa (85).
«Shtutgart» Sebastiyan Heness bosh murabbiylikka tayinlangach, jonlana boshladi va xavfli hududdan chiqib oldi. Ammo bu yevrokuboklarga yo‘llanma olish uchun astoydil harakat qilayotgan «Ayntraxt»ga qarshi turish uchun yetarli bo‘lmadi. Germaniya Kubogi «burgutlar» uchun — yagona imkon va ular bu imkonga tish-tirnog‘i bilan yopishib olib, to‘qqizinchi bor finalga chiqishdi. Bu borada faqat «Bavariya»da yaxshiroq natija (23), o‘yindagi hal qiluvchi golni esa Kolo Muani urdi. Fransuz futbolchisi kubok o‘yinlarida olti gol urib, klub rekordini takrorladi. Kubok o‘yinlarida bunday sermahsullik so‘nggi bor «Ayntraxt» afsonalari — Bernd Holsenbayn (1973/74) va Bum Kun Cha (1980/81) tomonidan qayd etilgandi. Ammo Kolo Muanida «Leypsig»ga qarshi finalda ulardan o‘zib ketish imkoni bo‘ladi.
Kun statistikasi
- «Nant» darvozaboni Lafon so‘nggi to‘rt rasmiy o‘yinda 3 ta golga olib keluvchi xatoga yo‘l qo‘ydi.
- «Salernitana» hujumchisi Dia A Seriyaning bir mavsumida 15 gol urgan 6-afrikalik futbolchiga aylandi. U «Fiorentina»ga qarshi o‘yindagi het-trikdan keyin Eto'O, Saloh, Osimhen, Keyta Balde va Simi kabi futbolchilar kompaniyasiga qo‘shildi. Ammo faqat senegallik futbolchigina bu natijaga debyut mavsumidayoq erishgan.
- 9 oktyabrdan buyon raqiblar darvozasini ishg‘ol eta olmay kelayotgan «Atalanta» hujumchisi Muriel «Spetsiya»ga qarshi o‘yinda (3:2) Italiya chempionatidagi 100-golini urdi.
- «Manchester Siti» Xosep Gvardiola davrida barcha turnirlar doirasidagi 1000-golini urdi.
Tavsiya etamiz
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
Jahon | 22:53 / 21.02.2025
Trampdan Putinga navbatdagi «sovg‘a»: AQSh prezidenti Zelenskiy saylovda yengilishiga ishora qildi
Jahon | 23:06 / 19.02.2025
Muzokarami yoki gurung: AQSh va Rossiya bosh diplomatlari uchrashuvi haqida
Jahon | 20:38 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya kanslerligiga nomzodlar Ukraina va Tramp bo‘yicha bahslashdi
Jahon | 09:10
-
Biznes muvaffaqiyati – “Brand Awards International” mukofotining diqqat markazida
O‘zbekiston | 09:00
-
616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi
Jamiyat | 08:57
-
Germaniyadagi saylovlarda Fridrix Mers boshchiligidagi blok g‘alaba qozondi
Jahon | 08:38
Mavzuga oid

23:36 / 23.02.2025
APL. «Liverpul» «Etihad»da «Siti»ni mag‘lub etdi, Husanov to‘liq o‘ynadi

12:35 / 23.02.2025
«Arsenal» poygadan chiqmoqda, «Barselona» revansh oldi. Kun o‘yinlari

10:26 / 20.02.2025
Emeri «Liverpul»ni to‘xtatdi va «Arsenal»ga yordam berib yubordi

11:23 / 18.02.2025