«Arsenal» poygadan çiqmoqda, «Barselona» revanş oldi. Kun öyinlari
|17:35 / 23.02.202514 25922 min
«Arsenal» «Liverpul»dagi pasayişdan foydalana olmadi, «MYu» 0:2 hisobidan çiqib ketdi, «Barselona» qiyin öyinda VAR yordamida ğalabani saqlab qoldi. Şanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Inqiroz holatidagi «MYu» «Everton»ga qarşi öyin oldidan turnir jadvalida uşbu raqibdan pastda edi. Öyindan keyin ham bu holat özgarmadi. Mersisaydliklar Devid Moyyes boşqaruvida kuçli oraliqni ötkazmoqda. Yaqinda «Gudison Park»da «Liverpul» ğalabaga erişa olmagandi (2:2), endi «irislar» «qizil iblislar» darvozasiga birinçi bölimdayoqi ikkita gol urdi, mehmonlar mudofaasi Betuga qarşi çora topa olmadi. Avvaliga — burçak zarbasidan keyin töp jarima maydonida uşlanib qoldi va uşbu forvard töpga yakuniy zarbani berdi. Keyin esa Betu qarşi hujumda Harrisonni töp bilan ta’minladi, u esa Maguayrni aldab ötib zarba berdi. Onana uning zarbasini tösdi, ammo qaytgan töpga birinçi bölib Dukure yetib keldi.
Tanaffusgaça 2:0 hisobidan keyin «Yunayted» muxlislarida amalda mağlubiyatdan qutulib qoliş umidi yöq edi, ammo bu safar Ruben Amorim şogirdlaridan qisman rozi bölişi mumkin. Uning jamoasi ikkinçi bölimda buriliş yasadi va öyinning oxirgi qismini juda yorqin ötkazdi, bu daqiqalarda Brunu Fernandeş özini körsatdi. Sardor avvaliga jarima zarbasidan çiroyli gol urdi, «iblislar» APLda oxirgi marta 2022 yil aprelida, Kriştianu Ronalduning zarbasi bilan şunday gol urişgandi. Keyingi standartda — Brununing uzatmasidan keyin — Ugarte hisobni tenglaştirdi. Va hisob 2:2 holatida Pikford Fernandeşning zarbasidan keyin tösin ostiga borayotgan töpni qaytarib qoldi.
Bunday ssenariyda «MYu» navbatdagi mağlubiyatini qabul qilişini tasavvur qiliş qiyin edi. Holbuki bunday ehtimol ham yuzaga keldi, çunki qöşimça daqiqalarda — Onananing yana bir ajoyib seyvidan keyin — jarima maydoni içida «Yunayted»ning şonli davrlaridagi sobiq futbolçisi Eşli Yang gazonga quladi. Boş hakam avvaliga 11 metrlik nuqtani körsatgandi, lekin videotakrorda faxriy futbolçi aktyorlik san’atini namoyiş etgani körinib qoldi va monitorga borgan referi öz qarorini özgartirdi. Adolat ğalaba qozondi, psixologiya nuqtayi nazaridan bu durang «MYu» uçun amalda ğalabaga teng böldi.
«Arsenal» sönggi vaqtlarda barqaror emas. Avval «Mançester Siti»ni yirik hisobda tor-mor etdi (5:1), keyin «Nyukasl» mağlub bölib (0:2) Angliya ligasi kubogini tark etdi. Jamoa hujum çiziğida ulkan muammolar yuzaga kelgan, jamoada amalda nominal forvard yöq. Ötgan turda Lesterga qarşi öyinda raqib tayanç yarimhimoyaçisi Merinoni hujum markaziga taşlaş orqali ğalabaga erişilgandi. Ammo autsayderni Grem Potter boşqaruvida jonlana boşlagan «Vest Hem» bilan soliştirib bölmaydi. Şanba kuni «bolğaçilar» himoyada sifatli harakatlandi, birinçi bölim oxirida esa «kanonirlar»ni qarşi hujumda jazoladi.
Van-Bissaka qanotda Kalafioridan ustun keldi, uning jarima maydoniga uzatmasidan keyin esa mezbonlarning ikki himoyaçisi doğda qoldyui. Aniqroği ular bir-biriga işonib qoldi va bundan Bouen foydalanib ketdi. U endi Antoniodan keyin «Vest Hem»ning APLda 50 ta gol urgan ikkinçi futbolçisi böldi. Ikkinçi bölim örtalarida Mikel Artetaning muammolari yanada ortdi. Kalafiorining örniga tuşirilgan 18 yoşli Lyuis-Skelli maydon markazida töp uçun kuraşda Quddusni yiqitdi.
Muammo şundaki, londonliklarning boşqa bir himoyaçisi yoş şerigi bilan bir çiziqda turgan bölsa-da, narigi qanotga yaqinroq joylaşgandi va u raqibga yetib olişi dargumon edi. Darvozabon Rayya esa darvozasidan taxminan 35 metr masofaga uzoqqa çiqib ketgandi. Şunday ekan, avvaliga sariq kartoçka körsatgan hakam monitorga borganidan keyin qarorini özgartirib, mezbonlar futbolçisini maydondan çetlatdi. Bu «Arsenal» futbolçilari uçun joriy mavsumdagi beşinçi qizil kartoçka böldi. Şu tariqa, «kanonirlar» «Liverpul» bilan oradagi farqni qisqartirib oliş imkoniyatidan foydalana olmadi va amalda çempionlik uçun kuraşdan çiqdi. «Bu APLda kerak bölgan darajadan pastroq», — dedi öyindan keyin Arteta. Potter esa faoliyatida «Emireyts»dagi beş öyindan törtinçi ğalabasini nişonladi. U «Arsenal» maydonidagi ğalabalar foizi böyiça peşqadam, son böyiça faqat Xosep Gvardiola (8) va Yurgen Klopp (6)dan ortda.
Asosiy futbolçilar soğayib, formaga kirib borişi bilan «Tottenhem» ham asta-sekin öziga kelmoqda. «Şporlar» özining haqiqiy kuçini Ipsviçdagi uçraşuv körsatdi, u yerda birinçi bölim örtalarida Jonson Son Hyong Min yordamida ikki gol urdi. Keyin hisob qisqardi va bir munça vaqt vaziyat qaltis bölib turdi, ammo öyin oxirida Angelos Postekogluni yoşlarning faxriylar bilan uyğunlikdagi harakatlari mamnun qildi. Meddison Spensga APLdagi ilk golini urişga yordam berdi, zaxiradan maydonga tuşgan Skarlett esa Kuluşevskiga assistentlik qildi. Şu tariqa, «Tottenhem» mavsumda ilk bor çempionatda ketma-ket uç öyinda ğalaba qozondi.
«Çelsi»ning yaqinda Enso Mareska tilga olgan YeÇLga qaytiş orzulari quyoş tiğidagi qor kabi erib bormoqda. Odatdagidan farqli ölaroq Enso Fernandesning goli ham ğalabani ta’minlay olmadi. Töqqizinçi daqiqadayoq argentinalik hujumçi tezkor qarşi hujumga qöşilgan va Pedru Netuning qanotdan uzatmasini golga aylantirgandi. Ammo bu safar londonliklar hisobdagi ustunlikni saqlab qololmadi. «Çelsi» bu mavsumda törtinçi marta tanaffusga qadar hisobda oldinda borgan öyinlarida ğalabaga erişolmadi (=2-2).
Jamoa öyiniga birinçi bölimda himoyaçi Çaloba jarohat olgani ham ta’sir körsatgan bölişi mumkin. Ammo «Aston Villa» ham xuddi şu sabab tufayli Mingzni yöqotdi. Faqat Unai Emeri ixtiyorida nisbatan sifatli zaxira örindiği bor va ikkinçi bölimda qişda olib kelingan futbolçilar öyinni özgartirişdi. Avvaliga rikoşetdan foydalanib töpga ega çiqqan Reşford uni böş darvoza qarşisiga yumalatib berdi, sönggi daqiqalarda esa Markus yana bir bor Asensioning goliga hammualliflik qildi, ğalaba golida londonliklar darvozaboni Yorgensenning qöpol xatosi ham muhim rol öynadi. Birinçi davrada çempionlik uçun kuraşib körgan «Çelsi» endi oltinçi örinda qolmoqda, «Villa» esa bir oçkolik farq bilan ta’qib eta boşladi.
Çempionlik poygasidagi birinçi qadamni «Atletiko» taşladi va madridliklar buni işonç bilan amalga oşirib, «Valensiya» sardori Gayyaning la ligadagi yubiley 300-öyinini barbod qildi. «Körşapalaklar» jamoasi afsonasiga havas qilib bölmasdi, çunki uning jamoasi çuqur inqirozga tuşib qolgan va top-klublarga raqobat qiladigan holatda emas. Birinçi gol jamoalar darajasidagi farqni yaqqol körsatib berdi, unda asosiy işni Grizmann bajardi. Uning himoyaçilar ortiga oşirgan zargarona pasidan keyin Samuel Lino gol urişi kerak edi, ammo uning darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda yöllagan zarbasi tösinga tegdi.
Ammo bunday yaxşi pas bekor ketmadi va qaytgan töpga birinçi bölib Jovanni Simeone yetib keldi va u töpni qulay vaziyatdagi Xulian Alvaresga taşlab berdi. Keyin esa argentinalik töpurar va Grizmann boşqa futbolçilar iştirokisiz ikkinçi golni urişdi, bu vaziyatda fransuz futbolçisi töpni jarima maydoni markaziga yetkazib berdi. Öyin oxirida esa zaxira örindiği qiroli Korrea mezbonlarni uzil-kesil taslim qildi. Bu Anxelning la ligada joker rolidagi 24-goli böldi va u bu körsatkiç borasida turnir tarixida törtinçi öringa kötarildi.
Korrea bu röyxatda Valter Pandianini ortda qoldirdi. Keyingi möljal — 27 tadan gol urgan de Paul va Messiga yetib oliş, birinçi örinda esa ötgan mavsum yakunida butsalarini mixga ilgan «Jirona»ning 38 yoşli faxriysi Stuani (29 gol) joylaşgan. Bu ğalabadan keyin Diyego Simeone jamoasi kamida bir neça soatga turnir jadvalida birinçi öringa çiqib oldi va raqobatçilari xatosini kuta boşladi.
Mantiqan qaraganda, madridliklar «Barselona»dan sovğa kutişi qiyin edi, ammo ötgan turda kök-anorranglilar «Rayo Valekano» bilan öyinda qiyinçilikka uçrab, bazör minimal ustunlik erişgandi (1:0). «Las-Palmas» esa noyabr oyi oxirida Hans-Diter Flik şogirdlarini töxtatgandi (1:2). Umuman olganda, kataloniyaliklarda bu mavsum jadvalning ikkinçi yarmidagi raqiblar bilan muammolar surunkali tus olgan va bu öyin debyutida quyi ligaga tuşib ketmaslik uçun kuraşayotgan «Las-Palmas» tezkor gol bilan peşqadamni şoşirib qöyişiga bir baxya qoldi. Favoritlar esa birinçi bölim davomida yaqqol vaziyat yarata olmadi.
Flik tanaffusdayoq Fermin Lopes örniga Dani Olmoni tuşirişga qaror qildi va bu özini oqladi. Öyin taqdirini Yevropa çempionlari hal etişdi. Olmo hujumni boşlab berdi va raqib jarima maydoniga otilib kirib, Yamalning uzatmasiga oçildi. Keyin öz mahoratini namoyiş etib, dribling bilan himoyaçini yöldan oldi va tösin ostiga qaytarib bölmas kuçli zarba yölladi. Ammo bu hal qiluvçi vaziyat emasdi. Köp ötmay «Barsa» jarima maydonidagi epizoddan keyin öyindagi keskinlik eng yuqori çöqqisiga çiqdi - arbitr vaziyatni qaytadan köriş uçun monitor qarşisiga bordi.
Ammo Erik Garsiya jarima maydoni içida töpni qöl bilan töxtatib qolgan bölsa-da, hal qiluvçi omil hujum davomidagi ofsayd holati böldi.
Hakamning yakuniy qaroridan keyin Rafinya xuddi gol urgandek xursandçilik qildi, braziliyalik vingerning hissiyotlari şu bilan çeklanmadi va qöşimça daqiqalarda Ferran Torresga assistentlik qildi. Zaxiradan tuşgan hujumçi kuçli pasdan keyin bir teginişda töpni öziga böysundirdi, ikkinçi teginişda intrigaga butkul barham berdi. Yil boşidan buyon biror marta mağlub bölmagan «Barsa» birinçi öringa qaytdi. Yakşanba kuni — «Real» «Jirona» bilan öyinda öz yurişini amalga oşiradi.
Italiya: Menyanda kulgili xato va Lautaroning seriyasi
Italiyada şanba kuni syurpriz bilan boşlandi — «Latsio» Venetsiyada golsiz durang qayd etdi. Rimliklar xavfli zonadagi jamoani mağlub etolmaganidan «Yuventus» foydalanib qolişi mumkin, turinliklar yakşanba kuni «Kalyari» ustidan ğalaba qozonsa, törtinçi öringa çiqişi va Çempionlar ligasini erta tark etganini qisman yuvişi mumkin.
«Milan» esa asosiy yevrokubokdagi fiaskodan keyin ham çökişda davom etmoqda. YeÇLda ham işonçli öyin körsata olmagan Menyan içki çempionatda ham uyaltirmoqda. Yaqingaça A seriyaning eng yaxşi darvozaboni sanalgan fransuz öta qöpol xatoga yöl qöydi: u mavsumning eng kulgili gollari kolleksiyasini töldirdi. Raqibning oddiy uzatmasidan keyin jarima maydonini taşlab çiqqan darvozabon töpni uzoqlaştiriş örniga uni jamoadoşi Tşauning köksiga qarata tepdi va bu avtogolga aylandi. Malik özi istamagan holda mavsumda ikkinçi bor öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi.
Şanba kungi muammolar kulgili xato bilan çeklanib qolmadi. Pulişiç şu kuni fantastik öyin körsatgan Vanya Milinkoviç-Saviç bilan duelda penaltini golga aylantira olmadi. Bu yilgi çempionatda serbiyalik posbon öz darvozasiga qöyilgan beşta penaltidan törttasini qaytargan. Bu nafaqat A Seriyadagi, balki Yevropaning kuçli beşlik çempionatlaridagi maksimal körsatkiçdir. Menyan ham öz aybini yuvişga urinib, birinçi bölimda seyvlari bilan «Milan» taslim bölişiga yöl qöymadi, ammo Reyndersning hisobni tenglaştirgan golidan ikki daqiqa ötib amalga oşirilgan javob hujumida qutqara olmadi. Litvalik Gineytisning uzoq burçakka yöllagan zarbasi ideal köriniş oldi. Paolo Vanoli bu mavsumda rossonerilar bilan öyinlarda 4 oçko töpladi va Serjiu Konseysau jamoasi yevrokuboklar oltiligiga kirişi uçun aynan şunça oçko yetişmayapti.
Birinçi öringa kötarilib oliş imkoniyatiga ega bölgan va töpga egalik qiliş böyiça yaqqol ustunlikka erişgan «Inter ança vaqtgaça «Jyenoa» mudofaasini buzib ötolmadi. Şu bilan birga, «grifonlar» tanaffusdan keyin qarşi hujumda hisobni oçişga yaqin kelişdi, ammo vaziyatni himoyaçi Açerbining qaltis podkati qutqarib qoldi. Faxriy himoyaçi barmoğini sindirib olgani tufayli operatsiya qilingan Zommerni almaştirgan Xosep Martinesning joniga ora kirdi.
Keyinroq ilgari «Jyenoa»da öynagan ispaniyalik posbon ham yaqin masofadan yöllangan zarbani tösib, özini körsatişiga töğri keldi, ammo şundan keyin mehmonlar boşqa xavfli vaziyatlar yaratişmadi. Simone Indzagi tanaffusda Korrea örniga Torimiyni tuşirganidan söng, neradzurrilar bosimi tezlik oşişiga mutanosib ravişda ösib bordi. «Grifonlar» bir vaziyatda töpni darvoza çiziği ustida töxtatişdi, Leali Lautaro Martines ijrosidagi zarbadan keyin qahramonlik körsatdi, Barellaning zarbasidan keyin töp ustun va tösin tutaşgan joyga bordi — hadeganda mezbonlarning omadi kelavermadi. Keyin esa Hoqon Çalxonöğli öyinga qöşildi va uning burçak zarbasi Lautaroning goliga olib keldi.
Şundan söng noyabr oyidan buyon Patrik Viyeyra murabbiylik qilayotgan «Jyenoa» yana hujumga ötdi. Jamoa ayrim vaziyatlarda javob goliga juda yaqin edi, şu bilan birga Torimiyda ham yaqqol golli vaziyat yuzaga keldi, ammo eronlik hujumçining yaqin masofadan zarbasi darvozabonning öziga bordi. Lautaroda ham hisobdagi farqni oşiriş uçun imkoniyatlar böldi, yakunda esa hisob özgarmay qoldi. Argentinalik hujumçi esa «Inter» safida qatorasiga oltinçi mavsumda kamida 10 ta gol urayotgan ilk legionerga aylandi. Birinçi öringa çiqib olgan milanliklar endi yakşanba kuni «Napoli» oçko yöqotişini kutadi.
«Bayyer» debyutda «Holştayn» himoyasini şunçaki yançib taşladi, himoyaçilarni masxara qilgan Adli esa maydon çiziğidan darvozabon hududiga yumşoq pas berdi, bu yerda Şik hammadan ildamroq harakat qildi. Tanaffus arafasida esa Adlining özi Virsning uzatmasidan keyin «Bayyer»ning hisobdagi ustunligini oşirdi. Bu Florian uçun çempionatdagi öninçi golli uzatma böldi va u ketma-ket ikkinçi mavsumda bunday körsatkiçga erişmoqda. «Kuçli beşlik»da bunday işni faqat Saloh uddalagan, Xabi Alonso esa yana Bundesliganing rekordlar kitobini qayta yozmoqda. Ispaniyalik mutaxassis 28 ta safar öyinida mağlubiyat nimaligini bilmayapti va ötgan asrning 80-90-yillari oraliğida «Bavariya» va «Kyoln» boşqaruvida qörqinçli mehmon vazifasini bajargan Udo Lattekning natijasini ortda qoldirdi.
YeÇLda birinçi öyindayoq masalani hal qilib 1/8 finalga yöl olgan «Borussiya» «Sporting» bilan javob öyinida urilmay qolgan gollarini «Union» darvozasiga urdi va bundesligadagi vaziyatni asta-sekin önglab bormoqda. Birinçi bölim örtalarida berlinliklar himoyaçisi Diogu Leyte Ryuersonning zarbasidan keyin töpni tösişga urinib, avtogol muallifiga aylandi. Keyin esa mehmonlar darvozabon hududida turgan Girassi Grossining uzatmasini golga aylantirişiga qarşilik qila olmadi. Ikkinçi bölimda esa «Union» mudofaasi butkul parokandalikka uçradi. Mehmonlarga rahmi kelgan hakam asosiy vaqtga bir soniya ham qöşmasdan final huştagini çaldi - şu kuni Gross törtta golli uzatma amalga oşirdi. Girassining hisobida ham şunça gol. Gvineyalik futbolçi faoliyatidagi ilk pokerini amalga oşirib, Dortmundga Obameyang va Holandning xuddi şunday benefisi haqida eslatib qöydi. «Signal Iduna Park»da ajoyib hafta, faqat yevrokubok zonasigaça hali ança bor.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi