Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meva-sabzavotlarga minimal eksport narxlari bekor qilinadi
Prezident farmoniga ko‘ra, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda davlat tomonidan minimal narxlarni belgilab qo‘yish amaliyoti to‘xtatiladigan bo‘ldi. Bu tartib o‘tgan yili joriy etilgan va tahlilchilar uni “meva-sabzavot eksportiga zarba” deb atagandi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari uchun minimal eksport narxlarini belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Bu – O‘zbekiston prezidentining 8 oktyabrda imzolangan 181-sonli farmonida belgilandi.
Meva-sabzavotlar, shuningdek, to‘qimachilik, charm-poyabzal mahsulotlari va elektr jihozlari eksportida minimal narxlar amaliyoti 2024 yilda joriy etilgan edi. 2025 yil 19 sentabr kungi prezident farmoni bilan, bu tartib bekor qilindi.
Tahlilchilar davlat tomonidan minimal eksport narxlari belgilab qo‘yilishini “meva-sabzavot eksportiga zarba” deb atagandi.
- 8 oktyabrdagi farmonga ko‘ra, shuningdek, dukkakli ekinlarni yig‘ish texnikasini xarid qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga texnika qiymatining 15 foizi hamda lizing va kredit stavkasining 10 foizdan oshgan qismi qoplab beriladi.
- Hujjatda issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz kafolatli tarzda yetkazib berilishi ham belgilandi va issiqxonachilarga soliq imtiyozi berildi.
Mavzuga oid
18:30 / 16.12.2025
Qozog‘istonda mol go‘shti eksporti cheklandi
12:57 / 15.12.2025
Xitoy O‘zbekistonni ortda qoldirib Qozog‘istonga meva-sabzavot eksport qilish bo‘yicha yetakchiga aylandi
09:19 / 15.12.2025
Liyepaya va Klaypeda portlari orqali o‘zbek mahsulotlari Yevropaga yetkazilishi mumkin
07:32 / 15.12.2025