Iqtisodiyot | 12:57
2390
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistonni ortda qoldirib Qozog‘istonga meva-sabzavot eksport qilish bo‘yicha yetakchiga aylandi

2025 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istonga sabzavot va mevalar yetkazib berishda Xitoy O‘zbekistonni ortda qoldirdi. Hisobot davrida qo‘shni respublikaga Xitoydan import 39 foizga oshib, 181,7 mln dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, O‘zbekistondan yetkazib berish 12 foizga kamayib, 128,6 mln dollargacha qisqardi. 

2025 yilning yanvar–sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istonga sabzavot va mevalar importi 3,2 foizga oshib, 559,7 mln dollarga yetgan. Fizik hajmda esa import 10,3 foizga ko‘payib, 1,2 mln tonnani tashkil etgan.

Qozog‘iston deyarli barcha turdagi meva va sabzavotlarni import qiladi. Asosiy mahsulotlar quyidagilar: banan (49,5 mln dollar), kartoshka (46,3 mln dollar), pomidor (42,7 mln dollar), uzum (34,3 mln dollar), piyoz (32,2 mln dollar), olma (32,1 mln dollar), sitrus mevalar (31,2 mln dollar), shaftoli (2 6,6 mln dollar).

Mamlakatlar kesimida 2025 yilda asosiy yetkazib beruvchi o‘laroq O‘zbekiston o‘rnini Xitoy egallagan. Hisobot davrida Xitoydan sabzavot va mevalar importi 39 foizga oshib, 181,7 mln dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, O‘zbekistondan yetkazib berish 12 foizga kamayib, 128,6 mln dollarga qisqargan. 

Qozog‘iston bozorida yetakchining o‘zgarishi Xitoydan kartoshka importi (33,4 mln dollar, 136 ming tonna) va uzum olib kirishning ikki baravardan ko‘proq oshgani (22,8 mln dollar, 34,9 ming tonna) bilan izohlanadi. Shuningdek, Xitoy Qozog‘istonga sabzi yetkazib berishni boshlagan, sitrus mevalar, o‘riklar va pomidorlar importi ham sezilarli darajada oshgan. Fizik hajmda Xitoydan import bir yil ichida 2,2 baravarga oshib, 401 ming tonnaga yetgan. O‘zbekistondan keltirilgan mahsulotlar hajmi esa 360 ming tonnani tashkil etgan.

Qayd etilishicha, Xitoy va O‘zbekiston ulushi Qozog‘istonga keltiriladigan barcha meva-sabzavot importining qariyb 55 foiziga to‘g‘ri keladi.

Umuman olganda, 2018 yilning 9 oyida Qozog‘istonga O‘zbekistondan 310,9 mln dollarlik sabzavot va mevalar importi amalga oshirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Xitoydan 65,4 mln dollar bo‘lgan. O‘tgan davr mobaynida qo‘shni respublikaga O‘zbekistondan eksport 2,4 barobarga kamaygan bo‘lsa, Xitoydan eksport 2,8 barobarga oshgan.  

Mavzuga oid