Özbekiston eksport va investitsiya salohiyatini yanada tarğib qiliş maqsadida Andijon viloyatining yirik töqimaçilik korxonalari rahbarlaridan iborat delegatsiyaning Latviya va Litvaga işçi taşrifi amalga oşirildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Taşrif doirasida elçixona tomonidan biznes-forum, tadbirkorlar örtasida B2B formatida ikki tomonlama uçraşuv va muzokaralar taşkil etildi. Uçraşuvlarda Latviya biznes vakillari Andijon viloyati töqimaçilik sohasi mahsulotlariga katta qiziqiş bildirdi.
Muzokaralar davomida logistika yönalişlarini optimallaştiriş, barqaror yetkazib berişni ta’minlaş hamda özbek mahsulotlarini Boltiqböyi mamlakatlarining yetakçi savdo maydonlariga çiqariş masalalari muhokama qilindi. Mezbon tomon vakillariga Özbekistonning investitsion va sanoat salohiyatiga doir prezentatsiya materiallari, şuningdek, töqimaçilik korxonalarining batafsil mahsulot kataloglari taqdim etildi.

Şuningdek, Latviyaning Liyepaya va Litvaning Klaypeda port şaharlariga taşrif davomida delegatsiya vakillari özbek töqimaçilik mahsulotlarini Ğarbiy va Şimoliy Yevropaga öz vaqtida yetkazib berişni ta’minlaş hamda uzluksiz logistika uçun omborxonalar taşkil etiş imkoniyatlarini örgandilar.
Taşrif yakunida Riga şahrining markaziy tumanlarida törtta ixtisoslaştirilgan özbek töqimaçilik mahsulotlari şou-rumi, Vilnyus şahrida esa bitta şou-rum oçildi. Qayd etilişiça, safari yakunlari böyiça taraflar örtasida qiymati 10 million dollardan ortiq eksport şartnomalari imzolandi.













