Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mavzusi kötarilgaç Özbekiston hukumati bu ittifoqqa kiriş yoki kirmaslik haqida qaror qabul qilişdan oldin barça ma'lumotlar, imkoniyatlar va tahdidlar yaxşilab tahlil qilib çiqilişini ma'lum qilgandi.
Kuni keça Oliy Majlis Senati qömita raisi örinbosari Odiljon Iminov Kun.uz’ga bergan intervyusida ittifoqqa kiriş qarorini yoqlab, iqtisodiy manfaatdorlikni argument sifatida keltirib ötdi. Fikrimça, iqtisodiy vajni asos qilişda nazariyadan taşqari amaliy ma'lumotlarga köz tiksak töğri tuşunça hosil böladi.
Raqamlar sözlaganda
Senator janoblari iqtisodning asosiy körsatkiçlari sifatida eksport va import örtasidagi «savdo balansi» farqini aytib ötgan. Darhaqiqat, mamlakat mahsulotlari jahonda qançalik talabga ega bölsa, boyiş şunçalik oson keçadi. Şu bilan birga, eksport qilinayotlan tovarlar iloji boriça kattaroq qöşilgan qiymat bilan işlab çiqarilgan bölişi talab etiladi. Asosan xomaşyo mahsulotlari eksporti bilan çeklaniş tayyor mahsulotlarni taşqaridan köproq import qilişni taqozo etadi. Bu degani mamlakatda işlab çiqariş rivojlanmaydi, işsizlik sur'ati oşib boradi, soliq tuşumlari kamayadi, natijada mamlakat qaşşoqlaşib boradi. Bu haqda uzoq yoziş mumkin, lekin, keling bevosita YeOII savdosi bilan boğliq raqamlarga murojaat qilaylik.
- YeOII taşqi bozor balansi (ya'ni ittifoqqa kirmagan boşqa davlatlar bilan sof savdo hajmi)

Jadval Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma'lumotlari asosida tayyorlangan
Yuqoridagi raqamlar quyidagilarni körsatyapti: Qirğiziston va Armaniston YeOIIga a'zo bölgaç, heç qaçon ijobiy savdo balansiga çiqa olmagan. Ya'ni, bu davlatlar öz mahsulotlarini taşqi bozorga importni qoplaydigan darajada taklif qila olmagan. Belarusga kelsak, bu davlat özining mavjud sanoat salohiyatiga qaramay, savdo balansini barqaror uşlab turişga erişa olgani yöq. Belarusliklar 2018 yili 4,29 mlrd AQŞ dollariga teng savdo balansiga ega bölgan bölsa, joriy yil yakunigaça bu körsatkiç zörğa 2 mlrd AQŞ dollarigaça çiqişi kutilyapti.
















