Uy-joy insonlarning eng birinçi ehtiyoji bölgani uçun uning narxi bilan boğliq ma’lumotlar doim diqqat-markazimizda böladi. Davlatlarning uy narxlarini soliştiriş uçun esa eng avvalo ma’lum bir ölçov va şaroitdagi namuna oliş kerak böladi.
Buyuk Britaniyaning moliyaviy tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi “Finder” portali ma’lumotlariga köra, 2022 yilda 59 kvadrat metrli, 2 yotoqxona va 1 zalga ega 3 xonali apartamentning narxi 106 ta davlat örganilganda örtaça 241 431 dollar bölgani aniqlangan.

Xuddi şu tipdagi eng arzon uy Misrda örtaça qiymatdan 6 baravar arzon bölsa, eng qimmat Hongkongdagi şunday 3 xonali uylar esa 8,3 baravar qimmat.
106 ta davlatga aloqador ma’lumotlar asosida tuzilgan reytingda Misr, Pokiston, Nigeriya, Tunis va Venesuela bu kabi apartament narxlari böyiça eng arzon beşlikda bölsa, Hongkong, Singapur, Janubiy Koreya, Lyuksemburg va Şveytsariya eng qimmat uylar sotiladigan beşlikka kiritilgan. Özbekiston esa bu röyxatning 20-örinida.
Şuningdek, reytingdagi ayrim davlatlarning örtaça narxlarini keltiramiz:

Şuningdek, tadqiqotçilar mazkur davlatlarning 1 kvadrat metr uçun örtaça narxlarini ham örganişgan.

Bu narxlar biz örgangan ölçovlardan farq qilişi mumkin. Çunki keltirilayotgan sonlar 3 xonali tayyor apartament uçunligini hisobga olib, ular közga qimmatroq körinayotgan bölişi mumkinligini ham unutmaslik kerak.
Masalan, ötgan yilning iyul oyidagi boşqa ma’lumotlarda Özbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlaridagi 1 kvadrat metr köçmas mulkning örtaça narxi quyidagiça keltirilgan va bu umumiy örtaça qiymatga yaqinroq raqamlar deyiş mumkin:













