Ta'lim inspeksiyasi qaysi OTMlarda masofaviy ta'lim yaxshi yo‘lga qo‘yilganini ma'lum qildi
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston OTMlaridagi masofaviy ta'lim sifatini o‘rgandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Foto: Getty Images
Inspeksiya matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulovning aytishicha, o‘quv yili boshlangan kunlardanoq OTMlardagi onlayn ta'lim sifati tekshirib borilmoqda.
«Professor-o‘qituvchilar va talabalarning elektron platformadan foydalanish ko‘nikmasi yo‘qligi, mazkur platformalar o‘quv-uslubiy tomondan to‘liq boyitilmagani, texnika, sharoit yetishmasligi va internet sifati kabi muammolar sabab talabalar davomati kabi kamchiliklar kuzatildi», – dedi inspeksiya rasmiysi 13 oktabr kuni AOKAdagi matbuot anjumanida.
Qayd etilishicha, masofaviy ta'limda yaratilgan elektron resurslar sifati tahlili natijalariga ko‘ra:
- 38ta OTMda talabalarga maslahat berish xizmatlari va koll-sentrlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan;
- 26ta OTMda talabalar tomonidan mashg‘ulot sifatiga baho berish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;
- 19ta OTMda masofaviy o‘qitish platformasidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma va yo‘riqnomalar yo‘q.
Qayd etilishicha, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha OTMlarga qat'iy ogohlantirish berilib, qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning «Yo‘l xaritalari» tasdiqlangan. Kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilayotgani aytildi.
Shavkat Xo‘jaqulov masofaviy ta'lim nisbatan samarali yo‘lga quyilgan OTMlarni ham sanab o‘tdi:
- Xalqaro islom akademiyasi
- Toshkent moliya instituti
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Toshkent shahridagi Inxa universiteti
- Turin politexnika universiteti
- Samarqand davlat universiteti
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- Buxoro davlat tibbiyot instituti
Ma'lum qilinishicha, boshqa OTMlarga yuqoridagi oliygohlar tajribasini o‘rganish tavsiya qilingan.
«Biroq ta'kidlash joizki, hali masofaviy ta'limni sifatli tashkil etish bo‘yicha OTMlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar mavjud. Xususan, ko‘pgina mutaxassislik bo‘yicha bevosita amaliy mashg‘ulotlar muhim o‘rin tutishini inobatga olib, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib bosqichma-bosqich an'anaviy ta'limga o‘tilishi bilan mazkur kamchiliklar ham bartaraf etiladi», – dedi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

18:39 / 26.07.2023
14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi

23:08 / 29.06.2023
Sirtqi ta’lim masofaviy shaklga o‘tkazilishi mumkin

16:19 / 04.10.2022