Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilgizar Sobirov jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisi lavozimida ish boshladi
Xorazm viloyatining sobiq hokimi Ilgizar Sobirov jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisi lavozimida ish boshladi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.
U 29 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ushbu sud yangi binosining ochilish marosimida sud raisi sifatida tanishtirilgan.
Sobirov Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 21 aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi vazifasidan ozod qilingan edi.
U 2006-2015 yillarda Oliy Majlis Senati raisi sifatida faoliyat olib borgan. Keyin esa Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i va viloyat hokimi lavozimlarida ishlagan.
Mavzuga oid
11:50 / 30.11.2018
Xorazmda Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi. Kun tartibiga viloyatga hokim tayinlash masalasi kiritilgan
11:10 / 22.04.2018
Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati hokimligidan ketdi, uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi
07:20 / 15.10.2017
Prezident Ilgizar Sobirovni Xorazm viloyatining yangi hokimi sifatida tanishtirdi
17:05 / 04.09.2017