21 aprel kuni Xorazm viloyati xalq deputatlari kengaşining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi. Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida keçgan yiğilişda taşkiliy masala körilgan.

«Kun.uz» manbasining tasdiqlaşiça, 2017 yilning 15 oktabrida IIV rahbarligiga ötgan Pölat Bobojonov örniga viloyatga hokim bölgan Ilgizar Matyoquboviç Sobirov öz arizasiga köra lavozimidan ozod etilgan.

Uning örniga Farhod Ermanov hokim vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan.

Farhod Örazboyeviç Ermanov - 1958 yilda tuğilgan. U 1995-1998 yillarda Amudaryo tumani hokimi, 2004-2010 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri bölgan, 2010 yildan buyon Beruniy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Foto: Kruz.uz

Eslatib ötamiz, 2006-2015 yillar davomida Senat raisi bölgan Ilgizar Sobirov 17 aprel kuni boş vazir rahbarligida majburiy mehnatga qarşi ötkazilgan yiğiliş vaqtida boşqa bir qator rahbarlar qatorida qattiq tanqid qilingandi.