Urganç şahrida 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi oçildi.

Sessiyada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda.

Davlat rahbari Xorazm viloyati iqtisodiyotini rivojlantiriş, aholining ijtimoiy şaroitlarini yaxşilaş böyiça qator işlar amalga oşirilayotganini qayd etdi. 

Joriy yilda viloyatda 312ta investitsiya loyihasi bajarilib, yangi korxonalar işga tuşirilgan. Yil yakuni böyiça sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 16 foiz, eksport 22 foiz ösişi kutilmoqda. 

100ta davlat va xususiy maktabgaça ta'lim muassasalari taşkil etilib, bolalarni boğçalarga qamrab oliş 33 foizga yetgan.

Xorazm uçun muhim bölgan elektr energiyasi va toza içimlik suvi ta'minotini yaxşilaş böyiça ham muayyan işlar qilindi. 254 kilometr elektr, 456 kilometr suv tarmoqlarida quriliş va rekonstruksiya işlari amalga oşirildi.

Prezident ötgan davrda yaratilgan iş örinlari yetarli emasligi, viloyatda işsizlik saqlanib qolayotganini ta'kidladi. Iqtisodiyot tarmoqlarini köpaytiriş, yangi sanoat korxonalari taşkil etiş va mavjudlarini kengaytiriş, qişloq xöjaligi, turizm va tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali bandlik darajasini oşiriş böyiça topşiriqlar berdi.

Sessiya kun tartibiga Xorazm viloyatiga hokim tayinlaş masalasi kiritilgan.

Eslatib ötamiz, şu yilning aprelida 2017 yilning oktabridan Xorazm viloyatini boşqargan Ilgizar Sobirov lavozimdan olingandi. Sobirov keyinroq jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudi raisi lavozimida iş boşladi.

Aprel oyidan buyon viloyatni Farhod Ermanov vaqtinça hokim vazifasini bajaruvçi sifatida boşqarib kelmoqda.