Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Ilgizar Matyakuboviç Sobirov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi.

«Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengaşining qaroriga muvofiq Ilgizar Matyakuboviç Sabirov Xorazm viloyatining hokimi lavozimiga tayinlansin», deyilgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 oktabr kuni imzolagan farmonda.

Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati rahbari lavozimida Pölat Bobojonovni almaştirdi. Viloyatning avvalgi hokimi Özbekiston içki işlar vaziri etib tayinlangaç, Ilgizar Sobirov viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan edi.

1959 yilda tuğilgan Ilgizar Sobirov 2003—2005 yillarda Xorazm viloyati Qöşköpir tumaniga hokimlik qilgan. 2005 yili Oliy Majlis Senatiga saylangan. 2006 yili Senat raisi etib saylanib, 2015 yilga qadar (ikki muddat) şu lavozimda işlagan.

Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga taşrifi vaqtida Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida qatnaşib, Ilgizar Sobirovni viloyatning yangi hokimi sifatida taniştirdi.

«2012 yildan buyon viloyatga rahbarlik qilib kelgan Pölat Razzoqoviç Bobojonovning munosib hissasi borligini barçamiz yaxşi bilamiz. 

Bu rahbar berilgan topşiriqlarni öz vaqtida mas'uliyat bilan bajarişi, el-yurt manfaati uçun jon kuydirişi, taşabbuskorlik va talabçanlik fazilatlari sababli viloyatda obro‘-e'tibor qozondi. 

Ana şunday rahbarlik salohiyatini hisobga olib, P.Bobojonovni yanada mas'uliyatli vazifaga – içki işlar vaziri lavozimiga tayinladik. 

Xalq deputatlari viloyat kengaşidagi siyosiy partiyalar guruhlari bilan, viloyat faollari va oqsoqollari bilan maslahatlaşgan holda, men katta tajribaga ega bölgan, bir neça yillar davomida yuqori lavozimlarda işlagan, bugungi kunda viloyat hokimi vazifasini vaqtinça bajarib kelayotgan Ilgizar Matyaquboviç Sobirov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etaman. 

I.Sobirov 1959 yilda tuğilgan. Öz faoliyati davomida Özbekiston Fanlar akademiyasi, Toşkent yuridik instituti, Oliy sud, Oliy xöjalik sudi, Prezident devonida mas'ul lavozimlarda işlagan. Qöşköpir tumani hokimi, Oliy Majlis Senati Raisi, Xorazm viloyati adliya boşqarmasi boşliği lavozimlarida faoliyat körsatgan, 2017 yil fevral oyidan buyon Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyati Xalq qabulxonasi mudiri vazifasini bajarib kelgan.