Ilgizar Sobirov Xorazm viloyatining yangi rahbari etib tayinlandi. Uning Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani haqida prezident matbuot xizmati saytida xabar qilingan.

U bu lavozimida bugun prezident farmoni bilan Özbekiston içki işlar vaziri etib tayinlangan Pölat Razzaqoviç Bobojonov örnini egalladi.

1959 yilda tuğilgan Ilgizar Sobirov 2003—2005 yillarda Xorazm viloyati Qöşköpir tumaniga hokimlik qilgan. 2005 yili Oliy Majlis Senatiga saylangan. 2006—2015 yillarda Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi sifatida faoliyat körsatgan.