«Tolibon» delegatsiyasi 4 kun Toshkentda bo‘ldi. O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi uchun harakatlarini davom ettirmoqda

Foto: Reuters
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Tolibon» harakati delegatsiyasi vakillarining Toshkentga tashrifi yakunlangani haqida ma'lumot berdi. Ushbu delegatsiya harakat rasmiy vakolatxonasi joylashgan Qatardan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchib kelgandi. Toliblar bilan muzokaralarning tafsilotlari va natijalar oshkor etilmadi, ammo bu uchrashuvlarning o‘zini tarixiy deb atash mumkin. Oxirgi marta harakat vakillari Toshkentga 1999 yilda tashrif buyurgandi.
«Tolibon» harakati vakillari Toshkentda 4 kun bo‘ldi. Ular Toshkentga 7 avgust kuni kelishgan va 10 avgust kuni qaytib ketishgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi faqat 11 avgust kuni xabar qildi.
«Tolibon» harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi. Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi», deyilgan xabarda.
Delegatsiyaga Doha shahrida joylashgan «Tolibon» harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchilik qilgan. Mintaqa bo‘yicha ekspertlarning fikr bildirishicha, Qatardagi ofis keyingi vaqtlarda bir necha fraksiyalarga bo‘linib ketgan harakatning bir qismininggina manfaatlarini ifoda etadi.
Qayd etish kerakki, bu yilda O‘zbekiston qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashi yo‘lida faollik ko‘rsatmoqda. Mart oyida Toshkentda «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgandi. Bu konferensiya mamlakatning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon tashqi siyosatdagi eng yirik voqea bo‘lgandi. Ammo bu konferensiyada mojaroning asosiy ishtirokchilaridan biri - «Tolibon» harakati vakillari hozir bo‘lishmagandi.
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari yakunda «Toshkent deklaratsiyasi»ni qabul qilib, Afg‘oniston masalasini hal qilishda bahamjihat harakat qilish zarurligini ta'kidlashgandi. Tomonlar harakat vakillarini rasmiy Kobul bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirishgandi.
Keyinroq, iyun oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Tolibon» harakati bilan aloqa o‘rnatilgani haqida xabar tarqatdi.
«Toshkent konferensiyasi ishtirokchilari pozitsiyasini birlashtirishni amalga oshirish maqsadida o‘zbek tomoni «Tolibon» harakatining yuqori darajali vakillari bilan tegishli aloqalarni o‘rnatib, o‘tkazilgan uchrashuvlarda Afg‘onistonda uzoq muddatlik tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish va uni iqtisodiy rivojlantirish uchun muloqot va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi», — deyilgandi bayonotda.
Shu bilan birgalikda, bu qayerda bo‘lgani va uchrashuvda kimlar ishtirok etgani ochiqlanmadi.
Shunday ekan, avgustdagi tashrifni «Tolibon»ning Toshkentga 1999 yildan buyon ilk tashrifi deb aytish mumkin. 19 yil muqaddam O‘zbekiston poytaxtida harakat a'zolari hamda «6+2» kontakt guruhi vakillari (Markaziy Osiyo respublikalari, Afg‘oniston, Rossiya va AQSh) yig‘ilishgandi. O‘shanda ziddiyatli tomonlar o‘rtasida tinchlikni ta'minlashga qaratilgan deklaratsiya imzolangandi. Ammo bu uchrashuv haqiqiy natijalarni keltirmadi - 2001 yilda Afg‘onistonda NATO harbiy amaliyotlar boshladi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston | 08:10
-
Sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 07:37
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

22:28 / 09.04.2025
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?

18:19 / 31.03.2025
Rossiya bosh prokuraturasi «Tolibon» faoliyatiga ruxsat berishni so‘radi

00:00 / 31.03.2025