O‘zbekiston «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazgan

Foto: Pajhwok Afghan News
O‘zbekiston 27 mart kuni Toshkentda o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, ushbu qo‘shni mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan xatti-harakatlarini davom ettiradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston hukumati, AQSh vakillari, XXR, Rossiya, Xalqaro muloqot guruhiga a'zo davlatlar, Yevroosiyo mintaqasi, Janubiy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlari vakillari bilan qator maslahat uchrashuvlari va muzokaralarni o‘tkazdi.
«Shu bilan bir qatorda, Toshkent konferensiyasi ishtirokchilari pozitsiyasini birlashtirishni amalga oshirish maqsadida o‘zbek tomoni «Tolibon» harakatining yuqori darajali vakillari bilan tegishli aloqalarni o‘rnatib, o‘tkazilgan uchrashuvlarda Afg‘onistonda uzoq muddatlik tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish va uni iqtisodiy rivojlantirish uchun muloqot va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi», — deya qayd etiladi bayonotda.
Ramazon Hayiti munosabati bilan Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasida o‘t ochishni o‘zaro to‘xtatish to‘g‘risida sulhga erishilgan edi. O‘zbekiston bu qarorni olqishlagan.
«O‘zbekiston Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilganini olqishlaydi. O‘zbek tomoni mazkur sulh Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi muddatini uzaytirish haqida e'lon qilgani ortidan muddatsiz davom etishiga umid bildiradi», — deyiladi bayonotda.
O‘zbekiston o‘z hududida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
Jahon | 09:01
-
UNRWA: G‘azoda dori-darmon tugayapti, falastinliklar davolanish imkonidan mahrum
Jahon | 08:18
-
AQSh va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzoladi
Jahon | 07:48
-
Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in kelib chiqdi
Jamiyat | 07:39
Mavzuga oid

21:47 / 22.04.2025
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

22:28 / 09.04.2025
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?

18:19 / 31.03.2025