Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:29 / 10.05.2023
25720
8 daqiqa o‘qiladi
Parad arafasidagi zarbalar va Kreminna atrofidagi ukrain harbiylari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 440-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Moskvada G‘alaba paradi o‘tkazildi. Unda ishtirok etish uchun yetti xorijiy davlat rahbari, jumladan, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari yetakchilari tashrif buyurdi. Ukraina Markaziy Osiyo yetakchilari Moskvadagi paradda ishtirok etishini «do‘stona bo‘lmagan qadam» deb atadi.
- G‘alaba paradi avjiga chiqqan mahalda Yevgeniy Prigojin navbatdagi videosini e’lon qilib, unda 9 May — «bobolarning» G‘alaba kuni ekanini aytdi va Rossiyaning kelajagi bog‘liq bo‘lgan qandaydir «xushchaqchaq chol»ni tilga olib, «u hammasi yaxshi ekanini aytayotgani», aslida esa u «o‘taketgan ahmoq bo‘lib chiqishi mumkinligi»ni aytgan.
- Bundan tashqari, Prigojin muntazam armiyaning Baxmut atrofida «Vagner» otryadlari qanotini himoyalashga mas’ul bo‘lgan bo‘linmasi o‘z pozitsiyalarini tashlab qochganini aytgan. Shuningdek, Prigojinning tasdiqlashicha, uning yollanma jangchilari Baxmutdan ketsa, vatanga xiyonatda ayblanish tahdidi ostida qolganini ma’lum qilgan.
- 9 may tongida Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Dniproda raketa parchalari turar joy binosiga tushib, bir ayolni yaraladi. Kiyevda 15 raketa urib tushirilgan, jabrlanganlar yo‘q.
- Voronej oblastidagi harbiy aerodrom yaqinida 9 may kuni «noma’lum uchish obekti» urib tushirildi. Astra nashri yozishicha, gap Baltimor aerodromi haqida bormoqda, go‘yoki bu yerga Moskvadagi G‘alaba paradi boshlanishi arafasida hujum qilishga urinish sodir bo‘lgan. Telegram-kanal ma’lumotiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari raketani urib tushirgan. Mahalliy rasmiylar hodisa haqida xabar berishmagan.
Kun kadri. Chasiv Yardagi uy hovlisidagi qabr
Iryna Rybakova / AP / Scanpix / LETA
Ukraina bosqini fonidagi G‘alaba paradlari
Pelagiya Tixonova / Agenstvo «Moskva» / AP / Scanpix / LETA
Anton Vaganov / Reuters / Scanpix / LETA
Yevgeniy Feldman / «Meduza»
Luhansk oblastidagi ukrain askarlari
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Frontning turli nuqtalaridagi ukrain harbiylari









Ukraina bo‘ylab navbatdagi yoppasiga zarbalar
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Mykola Miakshykov / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:46 / 06.02.2026
Kiyevda 1100 dan ortiq uy kamida ikki oy issiqliksiz qoladi
12:25 / 06.02.2026
Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi
11:06 / 06.02.2026