«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiya mudofaa vazirligi qurol bermayotganidan nolib yana bir video e’lon qildi. Putinning sobiq oşpazi gapirgan video uning axborot xizmatiga tegişli Telegram-kanalda e’lon qilindi.
Bir neça kun avval Prigojin uning qöl ostidagi «Vagner» kompaniyasi jangçilari ularga yetarliça qurol-yaroğ yetkazib berilmasa, 10 may kuni Baxmutni taşlab ketişini aytgandi. Keyinçalik Prigojin Rossiya armiyasining Ukrainadagi birlaşgan qöşinlari sobiq rahbari Sergey Surovikin guruh uçun öq-dori yuborilişida vositaçi bölişini ma’lum qilib, «Vagner»ga yetarliça öq-dori berilişi va’da qilinganini aytib çiqqandi.
Bugungi bayonotda esa Prigojin uning guruhi va’da qilingan öq-dorilardan 10 foizini ham olmaganini aytib nolidi. U «Vagner» Baxmutdan ketsa, Ukriana Rostovgaça borişini ta’kidladi.
Prigojin Qizil maydonda ğalaba paradining tantanali translatsiya qilinişini ham qoralagan. «Hammani bobolarimiz qölga kiritgan ğalaba bilan tabriklayman. Ammo biz nimani nişonlayotganimiz tuşunarsiz. Şunçaki ularni eslab qöyiş kifoya, Qizil maydonda «öralaşiş» (haqoratli ibora işlatdi) kerak emas», degan Prigojin.
«Vagner» rahbari uning guruhiga Rossiya harbiy rahbariyatidan jangovar topşiriq kelgani, unda agar vagnerçilar özlari egallagan pozitsiyadan çekinadigan bölsa, bu vatanga xiyonat deb qabul qilinişi yozilganini aytdi. «Ammo öq-dori kelmasa, biz baribir pozitsiyamizdan ketamiz va keyin kim xoin ekanini hal qilib olişadimi – bizmi yoki mana şu hujjatni imzolagan odammi?», degan u.
Prigojin guruhga yuborilgan jangovar topşiriqning ikkinçi bobida kerakli öq-dori yetkazib beriş haqida söz borganini ta’kidlagan: «Ikkinçi bandda kerakliça öq-dori beriş aytilgan. Hujjatni imzolagan odam «Vagner» ketsa, Ukraina Rostovgaça borişidan qörqqan. Öz navbatida mudofaa vazirligi tomonidan front qulaşi uçun hamma narsa qilinmoqda».
Prigojin Rossiya mudofaa vazirligi bölinmalaridan biri (72-brigada) Baxmutda öz pozitsiyasidan qoçib keganini iddao qildi. «Bizni qanotda qöllab-quvvatlaşi kerak bölgan mudofaa vazirligi bölinmasi öz pozitsiyasidan qoçib ketib, 2 km kenglikda va 500 metr çuqurlikdagi joyni oçiq qoldirdi», degan u.
Putinga murojaatmi?
Prigojin kimligini aytmasdan, frontdagi öq-dorilar taqçilligi sababçisi haqida gapirdi.
«Jang qilayotgan odamlar toifasi bor va qaçondir qayerdadir zaxiralar bölişi kerakligi haqida öqib qolgan odamlar bor — va bu zaxiralarni tejaydi, tejaydi va tejaydi.
Öq-dorilar askarlarga berilişi örniga, qanaqadir omborlarda maqsadsiz yiğilmoqda. Snaryad sarflab, duşmanni öldiriş va öz askarlarini himoya qiliş örniga öz askarlarimizni öldirişmoqda. Xuşçaqçaq çol esa hammasi juda yaxşi ekanini aytmoqda.
Endi mamlakat nima qilsin? Agar u haq bölsa, mayli, soğ bölsin. Lekin bu çol, aytaylik, ötaketgan ahmoq bölsa, uruşni qanday yengiş mumkin?» degan Prigojin.
«Vagner» rahbarining bu sözlari faol muhokamalarga sabab bölmoqda. Köpçilik Prigojin «ded» deb Vladimir Putin nazarda tutayotganini aytmoqda. Çunki Prigojin ğalaba paradini tanqid qildi va çolning kulib turganiga urğu berdi. Paradda esa Rossiya prezidenti Putin iştirok etib, köp kadrlarda jilmaygan holatda köriniş berdi. Qolaversa, uni avvaldan «ded» deb atab kelişgan.
Avvalroq Yevgeniy Prigojin «Vagner» qurol-yaroğ berilmagan taqdirda Baxmutdan çekinişini aytgan, uning bayonotidan keyin Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov Baxmutni çeçen harbiylari egallaşga tayyorligini bildirgandi.













