Maktablarga erkak o‘qituvchilar qaytmoqda: Raqamlar sezilarli darajada o‘sgan
O‘zbekistonda maktablarga erkak o‘qituvchilar faol qaytishi kuzatilmoqda. Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanida bugungi kunga kelib, mamlakat bo‘ylab erkak o‘qituvchilar soni 130 ming nafardan oshgani haqida ma'lum qilgan.
Xalq ta'limi vazirligining joriy yil iyul oyidagi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda erkak o‘qituvchilar soni 120 ming nafardan oshiqroq edi va bu sohadagi umumiy xodimlari sonining (408 mingdan ortiq) 30 foizidan ham kamroqni tashkil qilar edi. Shu bilan birgalikda, yil yarmida poytaxt Toshkent shahrida erkak o‘qituvchilar ulushi 10 foizga teng bo‘lgan.
Sohadagi bu nomutanosiblikni o‘nglash uchun, birinchi navbatda o‘qituvchilarning maoshini oshirish, qog‘ozbozlik ishlariga barham berish va maktablarga tekshiruvlar sonini kamaytirish choralari ko‘rildi.
Shu yilning iyulida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda maktablarni moliyalashtirishga ikkinchi darajali masala sifatida qaralib, ushbu tizimga byudjyet mablag‘lari «qoldiq» usulida ajratib kelinganligi, ayniqsa xalq ta'limi tizimi xodimlari yillar davomida o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan boshqa ishlarga muntazam jalb qilinib, tom ma'noda «tekin xizmatkor» ga aylanib qolganligi keskin tanqid qilingandi.
Sherzod Shermatov bergan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilda maktablarga tekshiruvlar soni 26 baravar kamaygan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 200 mingdan oshiqni tashkil etgandi.
Vazir o‘qituvchilar majburiy mehnatdan, majburiy obunadan va boshqa majburiy yig‘imlardan xalos bo‘lishida OAVning o‘rni katta bo‘lganini e'tirof etgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni-kecha Sherzod Shermatov XTB rahbarlarini so‘nggi marta qat'iy ogohlantirib, umumta'lim maktablarida 3ta hujjat (sinf jurnali. Konspekt va yillik taqvim reja)dan tashqari birorta ortiqcha hujjatlar va hisobotlar yuritilishini taqiqlagandi.
Bundan tashqari, vazir tomonidan o‘qituvchilarni turli majburiy ishlarga jalb etish, o‘qituvchilardan majburiy yig‘imlar yig‘ish ham qat'iyan taqiqlangan.
Mavzuga oid
16:06 / 11.12.2024
Forishda 64 yoshli erkak o‘qituvchi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shilqimlik qildi
16:40 / 25.11.2024
“42 km yugurish unga cho‘t emas” – 54 yoshida marafon chempioni bo‘lgan yangibozorlik o‘qituvchi
09:30 / 22.11.2024
“Boshida kimyoga umuman qiziqmaganman” – o‘qituvchilik ortidan milliarderga aylangan Mohira Boltayeva
19:44 / 18.11.2024