Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov markazlaşgan mablağlarni real sektorning örniga aynan ta'limga sarmoya qiliş zarurligini ta'kidladi. U bu haqda özining feysbukdagi rasmiy sahifasida yozib qoldirgan.

«Prezidentimiz tomonidan jamiyatda öqituvçilarning obrösini oşiriş böyiça aniq topşiriq berildi. Hozirda tegişli hujjatlar loyihalari tayyorlanmoqda.

Hozirgi vaqtda afsuski respublika miqyosida 11 mingdan ortiq öqituvçilik lavozimlarida vakansiyalar mavjud va 66 ming nafardan ortiq oliy ta'lim diplomiga ega bölmagan öqituvçilar maktablarda faoliyat yuritişmoqda. Ular orasida erkak öqituvçilar uluşi 30 foizdan kam ekan. Toşkent şahrida esa bu körsatkiç atigi 10 foizni taşkil etadi!

Bu muammolarning asosiy sababi maktab ta'limi tizimidagi xodimlarning oylik maoşlarining öta past ekanidir. Oxirgi uç yillikni sarhisob qiladigan bölsak, umumiy örta ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan öqituvçilarning oylik maoşlari eng past bölib, ösiş sur'ati ham boşqa soha vakillari maoşlariga soliştirganda ança past bölgan. Natijada 2016 yilda maktab ta'limi sohasidagi örtaça oylik Moliya sohasinikiga nisbatan atigi 48 foizni taşkil etgan bölsa, bu yilga kelib 42 foizgaça kamayganini köriş mumkin.

Şuningdek, joylarda maktab ta'limi tizimi xodimlariga majburiy obuna (200dan ortiq gazeta-jurnallarga), turli xil tadbirlarga majburiy çiptalar sotiş, maoşidan yana boşqa turli xil majburiy uşlanmalar olib qolinişi natijasida öqituvçilarning şundoq ham kam bölgan oylik maoşlari undanda kamayib ularning qöligaça yetib borayapti.

Keyin esa hayron bölamiz: nega ta'limda ota-onalardan turli xil yiğimlar köpaygan, ta'lim tizimi sifati tuşib ketgan, bolalarning tarbiyasi yomonlaşayapti, ular orasida jinoyat ortayapti, öz joniga suiqasd qiliş hollari köpaymoqda deb...

Hamma öz işi bilan ovora bölib, farzandlarining asosiy vaqtini maktabda ötkazişini inobatga olsak, aynan maktabda yaxşi bilim va tarbiya olgan bolalar kelgusi hayotida muvaffaqiyatga erişiş imkoni kengroq bölişini tuşunib yetişimiz kerak. Yaponiya, Singapur, Koreya kabi davlatlarning rivojlanişining siri ham aynan öqituvçilarning oylik maoşlari yuqori qilib belgilangani va har bir öqituvçi örniga önlab talabgorlar borligidadir.

Şu fursatdan foydalanib, hurmatli moliyaçilarimizdan Prezidentimiz tomonidan qöyilgan uşbu vazifaning yeçimiga bu safar boşqaça yondaşişlarini, avvalgidek turli bahonalar topiş emas, balki qöyilgan vazifani ijobiy yeçiş yöllarini topişga harakat qilişlarini sörab qolamiz.