Özbekiston Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri, Toşkent şahar va viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari boşliqlariga tegişli xat yölladi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Xatda bildirilişiça, prezidentning 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son qarorida umumiy örta ta'lim maktabi öqituvçilarining dars va tögarak maşğulotlarini taşkil etiş hamda sinf jurnalini yuritişdan taşqari boşqa pedagogik yuklamalar böyiça hisobotlar va qöşimça ma'lumotlarni talab qiliş qat'iyan taqiqlangan.

Şuningdek, Xalq ta'limi vazirligi taşabbusi bilan «Umumiy örta ta'lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari böyiça namunaviy yillik iş rejasini şakllantiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomani tasdiqlaş haqida»gi qarori bilan öqituvçilarning iş hujjatlari 7tadan 3tagaça qisqartirildi.

«Biroq joylarda hozirga qadar öqituvçilardan turli hisobotlar talab qiliş davom etayotgani haqida xabarlar kelmoqda», - deb yozadi vazir.

Şu bois: 

1. Barça umumta'lim maktablarida 3ta hujjat (sinf jurnali. Konspekt va yillik taqvim reja)dan taşqari birorta ortiqça hujjatlar va hisobotlar yuritilişini;

2. Ta'lim muassasalarida öqituvçilarni turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uçun hisobot, bayonnoma, (foto) albomlar tayyorlaş, yoki sinf rahbarlarini öquvçilarning uylariga yuboriş, ota-onalar bilan birga suhbat ötkazilganligi haqida fotosurat yoki hisobot talab etilişini;

3. Mahalliy hokimliklar tomonidan ta'lim muassasalari rahbarlari yoki öqituvçilarning har qanday majburiy mehnatga, turli yiğilişga, tadbirlarda zalni töldiriş uçun «tomoşabin» sifatida jalb etilişini;

4. Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan taşqari mahalliy hokimlik yoki turli taşkilotlar tomonidan taşkil etilayotgan haşarlarga pedagoglarni jalb etiş va xodimlarning bir kunlik iş haqini taşkilotlarga ötkazib berişni;

5. Mahalliy hokimliklar, hududiy boşqarmalar tomonidan har xil naşrdagi gazeta va jurnallarga majburiy obuna, kommunal tölovlar uçun oylik iş haqidan olib qolinişini yoki boşqa noqonuniy badallar yiğilişi qat'iyan taqiqlandi.

Şerzod Şermatov vazirlikning 2018 yil 5 oktabrdagi 250-son buyruği bilan joriy qilingan vaqtinçalik sinf jurnallari qaytadan köçirilmasligini, buni barça öqituvçilar e'tiboriga yetkaziş, yangi sinf jurnal yetkazib berilgan kundan boşlab (yoki uçinçi çorakdan) yuritilişini; sinf jurnallarining yuritilişida ta'lim muassasalari rahbarlari hamda öquv işlari böyiça direktor örinbosarlarining javobgarligini oşirilişini talab qilgan.