17 iyul kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev huzurida ta'lim tizimi rahbarlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda inson resurslarini rivojlantiriş poydevori bölgan, yoşlarda bilim, dunyoqaraş va ma'naviyat asoslarini şakllantiruvçi umumiy örta ta'lim tizimini tubdan isloh qiliş masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda respublikada 9,7 ming maktabda jami 5,2 million öquvçi ta'lim olmoqda. Bu aholining 16 foizini taşkil etadi, öquv-tarbiyaviy va boşqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qilmoqda. Biroq sönggi 20 yilda asosiy e'tibor kollej va litseylarga qaratilib, umumta'lim maktablari faoliyatini zamon talablariga javob beradigan yaxlit bir tizimga aylantiriş böyiça amalga oşirilgan işlar qoniqarsiz bölgan.
Yiğilişda maktablarni moliyalaştirişga ikkinçi darajali masala sifatida qaralib, uşbu tizimga byudjyet mablağlari «qoldiq» usulida ajratib kelinganligi, ayniqsa xalq ta'limi tizimi xodimlari yillar davomida öz faoliyatiga xos bölmagan boşqa işlarga muntazam jalb qilinib, tom ma'noda «tekin xizmatkor» ga aylanib qolganligi keskin tanqid qilindi.
Bu kabi holatlar maktablarda erkak öqituvçilarning kamayişiga ham sabab bölib, hozirgi kunda maktablarda erkak öqituvçilar 30 foizni, Toşkent şahrida esa 10 foizni taşkil qilişi qayd etildi.
Şuningdek, öqituvçilar öz ustida işlab, bolalarni fanlarga qiziqişini oşiriş örniga, maktabning kam-köstini yopiş uçun öquvçilar ota-onalaridan pul yiğiş, tinimsiz tekşirişga kelayotgan turli komissiyalarni «tinçitiş» bilan ovora bölib qolganligi, maktablarda davomat tuşib ketişi, öquvçilarning köça-köyda qarovsiz holda yurişi, hattoki bezorilarga va turli zararli oqimlarga qöşilişi holatlariga olib kelganligi tanqidiy muhokama qilinib, ta'sirçan çora-tadbirlar belgilaş böyiça topşiriqlar berildi.
Davlat rahbari Jahon banki rahbariyati bilan uçraşuvda «inson kapitali»ga sarmoya kiritişni köpaytiriş masalasi muhokama qilinganligi hamda avvalgidek «arzon işçi kuçi bölsa, çet el sarmoyasi keladi» degan siyosat hozirgi zamon talabiga mutlaqo töğri kelmasligini alohida ta'kidlab, tegişli topşiriqlar berdi.
Prezident dunyoda ilmiy-texnik rivojlaniş va işlab çiqariş jarayonlarining avtomatlaşiş darajasi oşayotgani sababli past malakali işçi kuçiga ehtiyoj kamayib borayotganligini, jumladan, Xitoy ham aynan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta'limga qattiq e'tibor qaratib, katta sarmoyalarni yönaltirayotganligini alohida ta'kidladi.

















