O‘zbekiston | 15:51 / 02.02.2026
8727
1 daqiqa o‘qiladi

Benzinga naqd pulda to‘lov to‘xtatiladi

Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari 2026 yil 1 apreldan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni faqat naqdsiz shaklda qabul qilishi lozim. Bu prezident farmonida belgilangan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan boshlab bir qator to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda qabul qilinadi. Bu prezidentning 2025 yil 10 dekabrda imzolangan «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektromobillar uchun zaryadlash bo‘yicha xizmatlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Ya’ni, «zapravka»lar 1 apreldan boshlab naqd pulda to‘lovlarni qabul qilmasligi belgilanmoqda. 

Farmon respublikada naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan.

Ta’kidlash joiz, ushbu hujjat bilan mamlakatda naqd pulga uy-joy, avtomobil oldi-sotdisi ham bekor qilinmoqda.

Асрор Абдуназаров
Tayyorlagan Асрор Абдуназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid