2026 yil 1 apreldan boşlab Özbekistonda bir qator tölovlar faqat naqd pulsiz şaklda qabul qilinadi. Bu prezidentning 10 dekabr kuni imzolangan «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalaştiriş va yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida közda tutilgan, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Şu kundan quyidagilar uçun tölovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron tölov tizimlari orqali amalga oşiriladi:
- davlat organlari tomonidan körsatiladigan xizmatlar;
- elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik suvidan foydalanganlik uçun tölovlar;
- alkogol va tamaki mahsulotlari;
- transportlarga yoqilği quyiş şoxobçalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotiş va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlaş böyiça xizmatlar;
- qiymati 25 mln sömdan oşadigan tovar va xizmatlar;
- köçmas mulk obektlari, işlab çiqarilganiga 10 yildan oşmagan M, N, O va G toifaga kiruvçi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotiş va sotib oliş.
Farmonga köra, quyidagilar 2030 yilgaça yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartirişning asosiy maqsadli körsatkiçlari etib belgilandi, jumladan:
- yalpi içki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot uluşini 1,3 baravarga qisqartiriş;
- savdo va xizmat körsatiş sohalarida aholi tomonidan tölovlarni naqd pulsiz amalga oşiriş uluşini 75 foizga yetkaziş.
Barça savdo va xizmat körsatuvçi yuridik şaxslar tomonidan elektron tölovlarni qabul qiliş uçun yagona QR kod joriy qilinadi
Farmonga köra, 2026 yil 1 yanvargaça barça savdo va xizmat körsatuvçi yuridik şaxslar tomonidan elektron tölovlarni qabul qiliş uçun yagona QR kod joriy qilinadi.
2026 yil 1 yanvardan barça savdo va xizmat körsatiş sohasidagi yuridik şaxslar tomonidan banklarda generatsiya qilingan yagona QR kod orqali elektron tölovlarni qabul qiliş yölga qöyiladi.
Bunda 2026 yil 1 iyuldan:
- barça savdo va xizmat körsatiş sohasidagi yuridik şaxslarda yagona QR kodli tölov tizimi orqali tölovlarni qabul qiliş ham majburiy etib belgilanadi;
















