Özbekistonda 1 apreldan boşlab köçmas mulk va avtomobil oldi-sotdisining naqdsiz şaklga ötkazilişi – yiliga 60–100 trillion söm mablağni bank tizimiga olib kirişi mumkin. Bu esa bank bozorida raqobatni kuçaytirib, kredit stavkalari pasayişiga xizmat qiladi, deya ma’lum qildi iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov.

“Agar bitta maşina narxini 200 million deb olsak, kuniga 100 ta maşina sotilsa, bank tizimiga 20 milliard söm kiradi. 1000 ta maşina sotilsa – 200 milliard söm”, dedi Haydarov 27 mart kungi matbuot anjumanida.

Uning sözlariga köra, yillik hisobda körsatkiçlar yanada kattalaşadi: “yiliga 60–100 trillion söm atrofida mablağ bank tizimiga kiradi, bu juda katta effekt beradi”.

Vazir örinbosarining aytişiça, bu jarayon banklar örtasida kuçli raqobatni yuzaga keltiradi. Mijozlarni jalb qiliş uçun banklar xizmatlarini yaxşilaşga va şartlarni yengillaştirişga majbur böladi. Eng muhimi, tizim banklar uçun katta hajmdagi “arzon resurs”ni şakllantiradi.

“Agar kuniga 20 milliard söm bank hisobida aylanib tursa, bu mablağlar kreditga yönaltiriladi va natijada kredit resurslari arzonlaşadi”, dedi Ahadbek Haydarov.

Rasmiyga köra, bu nafaqat bank tizimi, balki butun iqtisodiyot uçun ijobiy ta’sir körsatadi – arzon kreditlar orqali tadbirkorlik va aholining moliyaviy imkoniyatlari kengayadi.

Adliya vaziri örinbosari Muzraf Ikromovning aytişiça, Özbekistonda yiliga 5,4 millionga yaqin notarial harakatlar amalga oşiriladi. Şundan 320 mingtasi köçmas mulk, 650 mingtasi avtomobil oldi-sotdisiga töğri keladi.

Eslatib ötamiz, 2026 yil 1 apreldan boşlab Özbekistonda yoqilği, alkogol va tamaki mahsulotlari; kommunal va davlat xizmatlari; köçmas mulk va “10 yoşga tölmagan” avtomobillar oldi-sotdisi faqat naqdsiz şaklda amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, narxi 25 mln sömdan oşiq har qanday tovar va xizmatni ham faqat naqdsiz tölov evaziga xarid qiliş mumkin böladi.