O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida va Andijon viloyatida koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning yana bir guruhi tuzalgani haqida xabar berdi.
Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan yana 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.
Sog‘aygan bemorlarning barchasi Toshkent shahridan. Ulardan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. 1 nafari Londondan Toshkentga kelgan. Bemorlardan 4 nafari erkak, 13 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan (onasi bilan birga reabilitatsiyaga kuzatildi). Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.
«Klinikamiz xodimlarining birdamligi, mahorati va tajribasi bemorlarimizning sog‘ayishida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Xalqaro standartlar asosida davolash muolajalarini olib borish uchun tibbiyot muassasamizda barcha sharoitlar yaratilgan. Sa'y-harakatlarimiz natijasida bugun ham navbatdagi 17 nafar bemor butkul sog‘ayib chiqishdi. Malakali shifokorlarimiz jonkuyarligi tufayli ushbu ko‘rsatkichlar kundan kun oshib borishiga ishonchim komil», deydi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori Muhayyo Asilova.
Shuningdek, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilmoqda.
Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Bemorlarning 5 nafari erkak, 21 nafari ayollardir. Ularning 1 nafari xorijdan kelgan, qolgan 25 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi esa 21 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.
Hozirga qadar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 47 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati qayd etishicha, 21 aprel kuni O‘zbekistonda 96 nafar bemor sog‘aygandi, 22 aprel kuni esa 93 nafar bemor tuzaldi.
Ayni paytga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:59 / 28.02.2025
«Tramp Putindek fikrlamoqda»: liberal jahon tartibi tugadimi?
Jahon | 12:08 / 28.02.2025
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi
O‘zbekiston | 10:53 / 28.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Londonda Starmer va Zelenskiy o‘rtasida muzokara o‘tkazildi
Jahon | 01:46
-
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
-
Bill Geyts kelgusi avlodlar duch keladigan 4 ta asosiy muammoni sanadi
Jahon | 23:19 / 01.03.2025
-
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024