Yangi qonun ommaviy axborot vositalari, ayniqsa telekanallar bugungi kunda olib turgan daromadning keskin kamayişiga, tadbirkorlar öz mahsulotlari va xizmatlarini realizatsiya qilişda jiddiy muammolar duç kelişiga olib kelişi mumkinligi, reklama sohasidagi huquqbuzarliklar uçun moliyaviy sanksiyalar joriy etilayotgani esa huquq tizimimiz uçun nonsens ekani haqida yozgandik.

Maqolada uşbu qonunning qabul qilinişidan xavotirda bölgan boşqa soha tadbirkorlarida kutiladigan muammolar haqida gapiramiz.

Reklama töğrisidagi qonunning yangi loyihasida nafaqat dori-darmon va alkogolsiz içimliklar, balki tarkibida şakar, tuz va yoğ miqdori yuqori bölgan oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilişda ham çeklovlar kuçaytirilmoqda. Bir tomondan, bu orqali iste'molçilarni uşbu turdagi mahsulotlardan, qaysidir ma'noda, himoya qiliş niyati közlangan bölsa, boşqa tomondan öz tovarlarini reklama qiliş niyatida bölgan soha vakillari faoliyatiga berilgan zarba ham böladi.

Bolalar va reklama

Yangi loyihaga (16-modda) köra, voyaga yetmaganlar tomonidan iste'mol qilinişi taqiqlangan mahsulotlarni iste'mol qilayotgan yoki işlatayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalaniş taqiqlanişi aytilgan. Ammo bu talab ham umumiy bölib qolgan va noaniqliklar bilan töla.

Masalan, voyaga yetmaganlar (18 yoşga tölmagan) foydalanmasligi kerak bölgan mahsulotlarning tasdiqlangan röyxati yöq. Bunday röyxat bölmay turib, qaysi mahsulot bu kabi toifaga tuşişini oldindan biliş imkonsiz.

Aynan mana şu band istalgança talqin qilinib foydalaniş mumkin bölgan «lazeyka»lardan biri bölib qolmoqda. Sababi bu yerda aynan qanday oziq-ovqat yoki içimliklar «taqiqlangan» degan tasnifga mos kelişi aniq aytilmagan.

Şirinliklar savdosi ham xavf ostida

Tarkibida qand, tuz va yoğ miqdori yuqori bölgan oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilişga oid belgilanayotgan çeklov ham şu soha vakillarini taşvişga solib qöygan. Loyihada bu kabi mahsulotlar reklamasiga ham qator çeklovlar kiritilişi nazarda tutilgan.