Oliy Majlis Qonunçilik palatasida «Reklama töğrisida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi körib çiqilmoqda. Mazkur qonun loyihasi tadbirkorlarga öz mahsulotlari va xizmatlarini realizatsiya qilişda jiddiy muammolarga olib kelişi mumkinligi va reklama sohasidagi huquqbuzarliklar uçun moliyaviy sanksiyalar joriy etilayotgani esa huquq tizimimiz uçun nonsens ekani haqida yozgandik.

Şuningdek, «Reklama töğrisida»gi yangi qonun loyihasi: tadbirkorlarning böyniga arqon, oyoğiga kişanmi?» nomli maqola e'lon qilindi.

Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga mas'ul bölgan Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi mazkur maqolalarga munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, mazkur qonun loyihasi işlab çiqilişi jarayonida, loyiha taşabbuskori tomonidan Biznes-ombudsman bilan tegişli tartibda kelişilmagan.

2021 yil 20 aprelda qabul qilingan «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi yangi tahrirdagi qonunga asosan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişga bevosita yoki bilvosita ta'sir körsatuvçi masalalarga doir loyihalar Biznes-ombudsman bilan majburiy tartibda kelişişi belgilangan.

Şunga köra, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga mazkur qonun loyihasi böyiça Biznes-ombudsmanning xulosasi talab etilsa, taqdim qilingan loyiha tadbirkorlik faoliyatiga ta'siri nuqtayi nazaridan körib çiqilib, qisqa muddatlarda xulosa berilişi ta'minlanişi ma'lum qilinmoqda.

Savdo-sanoat palatasida esa qonun loyihasi böyiça oxirgi tahrir mavjud emas. 2019 yildan keyin SSPga bu loyiha taqdim etilmagan. Şuningdek, heç qaysi tadbirkor şu kunga qadar mazkur qonun loyihasi böyiça SSPga murojaat ham yöllamagan. Ayni vaqtda Savdo- sanoat palatasida faqatgina Taşqi reklama böyiça qonun loyihasi doirasidagi hujjatlargina mavjud.