Deputatlar yangi tahrirdagi «Reklama töğrisida»gi qonun loyihasiga bildirilayotgan e'tirozlarga öz munosabatini bildirmoqda.

«Yuksaliş» umummilliy harakati raisi, deputat Bobur Bekmurodov telegramdagi kanalida qonunlar körib çiqilişi jarayoni haqida tuşuntiriş berib, birinçi öqişda qonun loyihasi konseptual jihatdan körib çiqilişini aytib ötdi. Ya'ni qonun birinçi öqişda qabul qilingani bilan hali ikkinçi va uçinçi öqiş ham bölib ötadi.

Ikkinçi öqişda muhokama va ovoz beriş moddama-modda ötkaziladi. Ya'ni qonunning ayni bir qismi soha rivojiga zarar yetkazişi mumkin bölgan taqdirda, uşbu moddani özgartiriş yoki butunlay çiqarib taşlaş imkoniyati böladi. 

«Birinçi öqişda qonun loyihasi konseptual jihatdan körib çiqiladi:
- Qonun loyihasi konsepsiyasi;
- Konstitutsiyaga muvofiqligi;
- Qonunni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlar kabi masalalar köriladi. 

Ikkinçi öqişda muhokama va ovoz beriş moddama-modda ötkaziladi. Ya'ni qonunning ayni bir qismi soha rivojiga zarar yetkazişi mumkin bölgan taqdirda, uşbu moddani özgartiriş yoki butunlay çiqarib taşlaş imkoniyati böladi», deyiladi postda.

«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi yetakçisi, Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirov ham telegramdagi kanalida bu borada izoh berib, birinçi öqişda qonunning moddalari muhokama qilinmasligini aytib ötdi.

Bu qonunga «Milliy tiklaniş» DP fraksiyasi ham qator takliflar tayyorlamoqda. Amaldagi tahrirga bizning ham e'tirozlarimiz bor.

Qisqagina tuşuntiriş...

Qonun uç öqişda qabul qilinadi. Birinçi öqişda «şu qonun kerakmi, yöqmi» degan savol qöyiladi. Qonunning moddalari muhokama qilinmaydi. 

Körib turganingizdek, barça fraksiyalar sohada özgarişlar kerak deb hisoblaşdi. Demak, sohada özgarişi kerak bölgan masalalar bor. 

Birgina misol, bugun bevosita daromadining beliga tepadigan qonun qabul qiliş xavfi tuğilganida parlamentni mas'uliyatli ovoz berişga çaqirayotganlar saylovlar vaqtida saylovçilarni mas'uliyat bilan ovoz berişga emas, pampers sotib olişga tarğib qilişni ma'qul körgan edilar. Ular qonunni buzmaganlar, ijtimoiy tarğibot uçun belgilangan hajmdan ortiğini, hatto biroz arzonroq ham bermadilar, xolos. Ular haq edilar. Muammo qonunda ekanligi ma'lum.