Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
Messenjer asoschisi Pavel Durovga ko‘ra, 2024 yilda Telegram ilk marta daromadga chiqib, kripto-aktivlarni hisobga olmaganda yilni 500 mln dollardan ortiq naqd pul zaxirasi bilan yakunlamoqda. Kompaniya oxirgi 4 yilda 2 milliard dollarga yaqin qarzlarini yopgan.

Foto: BeinCrypto
2024 yilda Telegram messenjeri o‘zining 3 yillik monetizatsiyasi davomida ilk marta daromadga chiqdi, deya ma’lum qildi messenjer asoschisi Pavel Durov.
«Telegram Premium obunachilari soni uch barobar ko‘payib, 12 milliondan oshgan. Reklamadan foydalarimiz ham bir necha marta oshdi. Natijada 2024 yilda Telegramʼning umumiy daromadi 1 milliard dollardan oshdi va kripto-aktivlarni hisobga olmaganda, yilni 500 million dollardan ortiq naqd pul zaxirasi bilan yakunlaymiz», — degan Durov.
So‘nggi to‘rt yilda Telegram 2 milliard dollarlik qarzlarini yopgan. Ularning katta qismi joriy yil kuzda chiqarilgan Telegram obligatsiyalari hisobiga qoplangan.
Monetizatsiyadan maqsad — biz uchun foydalanuvchilar asosiy prioritet bo‘lishini kafolatlashdir, deydi Pavel Durov.
Pavel Durov avgust oyining oxirida Parij aeroportida qo‘lga olingandi. U uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq jinoyatlarda, jumladan, giyohvand moddalar va bolalar pornografiyasini tarqatishda ishtirok etganlik hamda vakolatli organlarga ma’lumot berishdan bosh tortganlikda ayblangan edi. Hibsga olinganidan keyin bir necha kun o‘tgach, Durov garov evaziga qo‘yib yuborildi.
Ayni vaqtda Durovga Fransiyani tark etish taqiqlangan. Keyinroq Pavel Durov messenjer foydalanish shartlari va maxfiylik siyosati o‘zgarganini, ushbu siyosatni buzganlarning telefon raqamlari va IP-manzillari qonuniy talablarga javoban tegishli organlarga oshkor etilishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, xalqaro nashrlar messenjer nafaqat Fransiya, balki boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilib, ularning huquq-tartibot idoralari so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni taqdim qila boshlaganini yozdi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rubio: Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Ukraina bo‘yicha muzokaralar mavzusi bo‘lishi mumkin
Jahon | 11:15
-
“O‘zbekistonning seysmik hududlarida zilzilaga sharoit yetilgan” – mutaxassis
O‘zbekiston | 10:57
-
O‘zbekistonning Orxus konvensiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi
O‘zbekiston | 10:45
-
Germaniya razvedkasi: COVID-19 pandemiyasi Xitoydagi sizib chiqish sababli yuzaga kelgan
Jahon | 10:41
Mavzuga oid

20:30 / 10.03.2025
Checheniston rasmiylari Telegramʼni blokdan chiqarishga chaqirdi

17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi

20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi

01:05 / 06.02.2025