Telegram asosçisi Pavel Durov Ozarboyjondan Parijga öz şaxşiy samolyotida borganda Le Burjye aeroportida qölga olingan.
Fransiya huquq tartibot organlari Durovni "narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarşi jinoyatlar va firibgarlik"da ayblamoqda. Bunga sabab qilib Messenjerda moderatsiya yöqligi va qonunni himoya qiluvçi organlar vakillari bilan hamkorlikdan boş tortgani körsatilmoqda.
Durovni tintuv qilişga izn beruvçi order u faqat Fransiya hududida bölganda haqiqiy bölgan, deb xabar beradi TF1 telekanali. Durov Parijga öz oyoqlari bilan borgan va hibsga olingan.
Durovga nisbatan bir qator ayblovlar ilgari surilgan va Fransiya fuqarosi sifatida sudlanişi aytilmoqda. Agar ayblari isbotlansa u 20 yilga qamalişi mumkin.
Boz ustiga, Fransiya Durov ustidan ötkaziladigan sud jarayonidan Telegram'ga qarşi Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini joriy qiliş uçun foydalanişi mumkinligi aytilmoqda.
Durovning hibsga olinişi fonida unga tegişli TON kriptovalutasi ham 15 foizga quladi.

















