Jinoyatchilarning Telegram raqamlari va IP-manzillari oshkor etiladi – Durov
Telegram qidiruvi noqonuniy tovarlarni targ‘ib qilish uchun emas, balki do‘stlar va yangiliklarni topish uchun mo‘ljallangan, deb yozdi u.

Foto: Reuters
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov foydalanish shartlari va maxfiylik siyosati o‘zgarganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu siyosatni buzganlarning telefon raqamlari va IP-manzillari qonuniy talablarga javoban tegishli organlarga oshkor etiladi.
«Telegramda qidiruv boshqa xabar almashish ilovalariga qaraganda kuchliroq, chunki u foydalanuvchilarga umumiy kanallar va botlarni topish imkonini beradi. Afsuski, bu xususiyatdan foydalanish shartlarini buzgan odamlar noqonuniy mahsulotlarni sotish uchun foydalangan», deb yozdi Durov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektdan foydalanadigan maxsus moderatorlar jamoasi Telegram qidiruvini ancha xavfsizroq qilgan. Qidiruvda topilgan barcha muammoli kontent o‘chirib tashlangan.
«Jinoyatchilarning Telegram Search xizmatini suiiste’mol qilishini oldini olish uchun biz butun dunyo bo‘ylab Foydalanish shartlari va maxfiylik siyosatimizni yangiladik. Biz siyosatlarimizni buzganlarning IP-manzillari va telefon raqamlari qonuniy talablarga javoban tegishli organlarga oshkor etilishi mumkinligini aniq ma’lum qildik», deb yozdi Durov va bu choralar jinoyatchilarni cho‘chitishi kerakligini ta’kidladi.
«Telegram qidiruvi noqonuniy tovarlarni targ‘ib qilish uchun emas, balki do‘stlar va yangiliklarni topish uchun mo‘ljallangan. Biz tajovuzkorlarga milliardga yaqin foydalanuvchi uchun platformamizning yaxlitligini buzishiga yo‘l qo‘ymaymiz», deb yozdi u.
Pavel Durov 24 avgust kuni Parij aeroportida qo‘lga olindi. Unga uyushgan jinoyatchilikka aloqador qator jinoyatlar, jumladan, giyohvand moddalarni tarqatish va bolalar pornografiyasini tarqatishda ishtirok etish, shuningdek, vakolatli organlar so‘roviga ko‘ra ma’lumot berishdan bosh tortish kabi jinoyatlar bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Bir necha kundan keyin u garov evaziga ozod qilindi.
Keyinchalik, Pavel Durov nafaqat Fransiya, balki boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilib, ularning huquq-tartibot idoralari so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni taqdim qila boshlagani haqida xabar berildi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 12:18
-
Navoiy ko‘chasida qurilishi bitmagan bino tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:56
-
Germaniya TIV rahbari Xitoyni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 11:50
-
Samarqand no‘xat sho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 11:37
Mavzuga oid

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

00:50 / 22.06.2025
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi

15:04 / 21.06.2025
AQSh elchixonasi: Ta’lim vizalariga talabgor o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari ochiq bo‘lishi kerak

15:41 / 20.06.2025