Doğiston va Çeçenistonda Telegram messenjeri bloklandi. Bu haqda Doğiston raqamli rivojlaniş vaziri Yuriy Hamzatov ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, messenjer huquq-tartibot organlari taşabbusi bilan xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida bloklangan.

«Şimoliy Kavkaz federal okrugining ikki mintaqasi — Çeçeniston va Doğistonda Telegramʼning bloklanişi huquq-tartibot organlarining talabiga köra, federal darajada qabul qilindi», — deydi Hamzatov.

Uning tuşuntirişiça, «duşmanlar messenjerdan tez-tez» mamlakat içidagi vaziyatni beqarorlaştirişda foydalanib keladi. Vazir bunga 2023 yil Mahaçqal’a aeroportida sodir bölgan tartibsizlikni misol sifatida keltirgan. Hamzatov mintaqa aholisiga muqobil platformalarda, xususan, «VKontakte» messenjeridan foydalanişni tavsiya qildi. Şu bilan birga, vazir kelajakda çeklovlar olib taşlanişi mumkinligini ham istisno etmadi.

Doğistonda Telegramʼga kiriş bilan boğliq muammolar 2024 yil kuzda ham kuzatilgan. Foydalanuvçilar xabar va mediafayllarni yuklay olmayotganidan şikoyat qilgandi. Messenjer faoliyatidagi uzilişlar nafaqat Doğiston, balki Çeçeniston va Inguşetiyada ham kuzatilgan. Bu Wildberris atrofidagi mojarolar sabab Çeçeniston yetakçisi Ramzan Qodirov qonli qasos e’lon qilgan senator Sulaymon Kerimovni qöllab-quvvatlaş postlari keng tarqalgan vaqtda yuz bergan edi. Rossiya raqamli rivojlaniş vaziri Maqsut Şadayev öşanda «aloqa bilan biror-bir muammolar borligini» rad etgandi.